Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti «Fuqarolik huquqi»
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- ,,…bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish
- Kamchiliklari. 1. Yakka xo’jalik.
- 2. O’rtoklik uyushmasi.
- 3. Korpa- rasiya (aksionerlik jamiyatlari)
- 2.2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARNI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLASH MASALALARI
- «Kichik biznes jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo’tadillashtirishga yordam beradigan o’rta tadbirkorlar sinfining paydo
40
2.1.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TUSHUNCHASI VA ULARNI TASHKIL ETISH TARTIBI Tadbirkorlik faoliyati nafaqat iqtisodiy ahamiyatga ega, balki ushbu faoliyat bir qator ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy muammolarni ham yechimini topishda muhim o’rinni egallaydi. Zero, tadbirkorlik faoliyati bo’sh ish o’rinlarini tashkil etish, xayriya faoliyatini amalga oshirish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish, yuridik shaxs tuzgan holda yoki yakka tartibda dehqon-fermer xo’jaligini tashkil etish, ishlab – chiqirish asosida doimiy va uzluksiz daromad va foyda olishga hamda tadbirkorlarning davlat va jamiyat ishlarida va uni boshqaruvida bevosita ishtirok etish huquqlari va shu kabi boshqa sohalarda alohida ahamiyatga egadir. Darhaqiqat, mamlakatda yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
munosabatlarni shakllantirish davrida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ,,…bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy
Tadbirkorlik shakllari va rakobatning kuchayishi tadbirkorlik shakllari ―Tadbirkorlik tug’risida‖gi Qonunning 5-moddasiga binoan kuyidagilardan iborat:
1 Каримов И.А. Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. // Халқ сўзи, 2008 йил 15 февраль. 41
-yakka mexnat faoliyati; -xususiy tadbirkorlik-ayrim fukaro tomonidan yellanma mexnatni jalb etish asosida amalga oshiriladi; -jamoa tadbirkorligi-bir gurux fukarolar tomonidan amalga oshiriladi, -hamkorlikdagi tadbirkorlik- yuridik shaxslar va fukarolarning uz mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladi. Yakka mexnat faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli xisoblanadi. Uni tashkil kilish tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 14 fevraldagi Karori bilan tasdiklangan Xususiy tadbirkorlik tugrisidagi Nizomda belgilangan. Bu Nizomga muvofik, yollanma mexnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor uz faoliyatini yuridik shax sifatida ruyxatdan utmay amalga oshirish huquqiga ega . Bu Nizomda kursatilishicha, xususiy tadbirkor faoliyati turini amalga oshirishda xujalik yurituvchi boshka subyektlar va mijozlar bilan uz munosabatini shartnoma asosida olib boradi. O’z faoliyatini yollanma mexnatni jalb kilib amalga oshiradigan xususiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida nomoyon buladi va u korxonani belgilangan tartibda ruyxatdan utkazish shart. O’zbekiston tajribasi kursatganidek, mulk shakllarining amaldagi realizasiyasi ta’minlamaguncha, rakobatbop xujalik yuzaga chikmaydi. Rakobatning asosiy vositasi narx buladi. Bozor iqtisodiyetiga utish davrida narxsiz rakobatga sharoit bulmaydi, shu boisdan narxlarni liberallash, ya’ni ularni erkin kuyib borish va bozorda shakllantirish rakobatning asosiy talabi xisoblanadi. O’zbekiston davlat nazorati ostidagi narxlardan, kelishilgan narxlarga, ulardan erkin bozor narxlariga utish yuz beradi. Kichik biznesda kuydagi tadbirkorlik shakllari mavjud: - faoliyati yo’nalishi bo’yicha: ishlab chikarish, tijorat, moliyaviy va innovasion tadbirkorlik faoliyati; - faoliyat turlarining soni bo’yicha: bitta soxadagi va ko’p tarmoqli tadbirkorlik; 42
- faoliyat murakkabligi bo’yicha: maxsus bilim talab kilmaydigan, talab kiladigan, yukori texnologiya va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik; - faoliyat tarmoq yo’nalishi bo’yicha: sanoat, agrosanoat, k/x, kurilish va x.k. Tadbirkorlikning subyektlari yuridik va jismoniy shaxslardir. Kichik tadbirkorlik faoliyatining kuydagi shakllari mavjud: - xususiy tadbirkorlik jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalda o’zining shaxsiy mulki asosida tashkil kilinadi; - jamoa tadbirkorligi - fukarolar guruxining jamlanma mulki asosida tashkil kilinadi; - aralash tadbirkorlik - bitta yuridik shaxs va bir necha jismoniy shaxs mulkini birlashtirish asosida tashkil kilinadi; - ko’shma tadbirkorlik - ikki yoki undan ortik yuridik shaxslar mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil kilinadi; - shartnomaviy tadbirkorlik - mulk egasi bo’lmagan korxona raxbari (menedjer) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mas’uliyat menedjer zimmasiga yuklatiladi. Kichik biznesda ishbilarmonlik kuydagicha amalga oshiriladi: - yuridik shaxs tashkil etib; - yuridik shaxs tashkil etmasdan; - yollangan mexnatdan foydalanib; - yollangan mexnatdan foydalanmasdan. Mulk shakliga ko’ra kichik biznesda xususiy, jamoa, ko’shma, aralash va boshka korxonalar ishtirok etadi. Amaldagi Qonunlarga muvofik kichik biznes egalari ko’yidagi guruxlarga ajratiladi: - yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs tashkilisiz va ishchi yollash huquqiga ega bo’lmagan, ko’lida xususiy tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tganligi xakida guvoxnomasi bor bo’lgan jismoniy shaxsdir.
43
- mikrofirma – mulk shaklidan kat’i nazar ishlab chikarish tarmoqlarida o’rtacha 20-kishigacha; savdo xizmat ko’rsatish va boshka noishlab chikarish soxalarida 10 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalardir. - kichik korxona – mulk shaklidan kat’iy nazar, yilliga o’rtacha 100 kishigacha xodimi bo’lgan; kurilishda, kishlok xo’jaligi va boshka tarmoqlarida – 40 kishigacha; fan soxasida, ilmni soxada, chakana savdo va boshka noishlab chikarish tarmoqlarda 20 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalardir. - dehqon xo’jaligi - o’z faoliyatini yuridik shaxs sifatida amalga oshiruvchi va oila boshlig’iga umrbod meros kilib berilgan o’z tormorkasida oila a’zolarining shaxsiy mexnati asosida oilaviy mayda tovar ishlab chikaruvchi xo’jalikdir. - fermer xo’jaligi – fermer xo’jaliklari a’zolarining faoliyatiga asoslangan, unga uzok muddatga foydalanish uchun ijaraga berilgan yer tormokalarida kishlok xo’jalik maxsulotlarini ishlab chikarishni amalga oshiradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustakil xo’jalik subyektidir. Korxona yirikligini ajratishning bunday mezonlari ularni soliqka tortishdagi imtiyozlarni aniklash, kichik biznesni ko’llab kuvvatlashning anik choralarini ishlab chikish, O’zbekistonda kichik korxonalarni ko’paytirish bilan bog’lik bo’lgan infratuzilma tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Bizda kichik biznes subyektlarini eng asosiy ko’rsatkichi bu ishchi va xizmatchilar sonidir.
44
TADBIRKORLIK SHAKLLARINING XUSUSIYATLARI Tadbirkor- lik shakllari. Afzalliklari Kamchiliklari. 1. Yakka xo’jalik. • To’lik mustakillik, erkinlik va tezkorlik; • Daromad olishdan maksi- mal manfaatdorlik; • Faoliyatdagi konfiden- siallik; • Katta xajmda kapital jalb etishdagi qiyinchilik • Faoliyat muddatini noanik-ligi; • Zarar uchun javobgarlik chegarasi yo’kligi; • Barcha boshkaruv vazifa-larini ko’shib olib borish zaruriyati. (menedjerlik).
• Moliyaviy kuch; • Erkinlik va tezkor xarakat; • Jamoa bo’lib boshkarish; • Portnerlarni cheksiz javob- garligi; • Partnerlarni doimiy emas-ligi va bir-biriga bog’lik-ligi; 3. Korpa- rasiya (aksionerlik jamiyatlari) • O’o’shimcha kapitalni jalb etish imkoniyatla-rini ko’pligi; • Boshkaruvdagi mutaxas- sislik; • Aksionerlar javobgar-ligini cheklanganligi. • Jamiyat faoliyati ustidan kattik nazorat o’rnatish; • Boshkaruvni kiyinligi; • Faoliyatni yakka xokimlikkga moyilligi.
O’zbekiston Respublikasining ―Xususiy korxona to’јrisida‖gi 11.12.2003 yil 558-ii qonunida xususiy korxona tuzish tartibi berilgan. Unga muvofiq, xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Boshqa yuridik shaxslarni ta’sis etish. Xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari, xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar 45
ochishga va filiallar tuzishga xaqli. Xususiy korxonaning ustavi xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir. Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko’rsatilishi kerak: korxonaning firma nomi; uning joylashgan yeri va pochta manzili to’јrisidagi ma’lumotlar; asosiy faoliyat turlarining ro’yxati; mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; ustav fondining miqdori. Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa qoidalarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xususiy korxonaning ustav fondi xususiy korxonaning ustav fondi bo’linmasdir va uni mulkdorning o’zi belgilaydi. Pul, qimmatli qoјozlar, pul bilan baxolanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy xuquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o’zga xuquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo’shiladigan xissa bo’lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baxolaydi. Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o’z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki xisoblangan mol- mulkni korxonaga berayotgan bo’lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. Xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko’ra xususiy korxonaning ustaviga o’zgartishlar kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi. Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi xar bir moliya yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav
46
fondidan kam ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, xususiy korxona o’z ustav fondini o’zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart. Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
47
2.2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARNI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLASH MASALALARI Kichik biznes faoliyatining muammolari va ularni xal etish yo’llari davlatimizda 20 yil mobaynida tadbirkorlik faoliyatining jiddiy Qonuniy- me’yoriy bazasi yaratilib, tadbirkorlarning huquqlari va ular faoliyatini rag’batlantiruvchi ishonchli kafolatlar yaratildi. 1995 yilda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida»gi, 1999 yil 14 aprelda «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi, 2000 yil 25-maydagi hamda 2012 yil 3- mayda yangi tahrirda qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida‖gi Qonunlarida va boshqa qonunosti hujjatlarida kator imtiyozlar kabul kilindi. 17 iyul 2005 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Makkamasining majlisi o’tdi. Majlis 2005 yilning I-yarim yilligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islokotlarning, ayniksa, tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlariga baxo berishga bag’ishlandi. Majlisda kichik biznesni to’siklar xakida so’z yuritildi. Umumlashtirib aytganda, kichik biznes faoliyatining kozirgi kundalik muammolari kuyidagilardan iborat: - boshlang’ich sarmoyaning yo’kligi; - soliq va boshka ajratmalarning yukoriligi; - moddiy texnika resurslarini sotib olish kiyinchiligi; - korxonaning bankdagi xisob varag’idagi turgan mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi; - kichik biznes subyektini ro’yxatga olish va kreditlash jarayonlarining murakkabligi - tadbirkorlik va biznesga doir yetarli darajada huquqiy hujjatlar me’yoriy to’plamlar, menejment va marketing tamoyillarini ko’llanilmasligi. 48
Shuning uchun
kududiy tadbirkorlikni, jumladan, kichik
biznesni rivojlantirishda ahamiyati tobora oshib bormoqda. Korxonalarning davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish iqtisodiy islokotlarning yetakchi bo’g’ini bo’lib, xususiylashtirish natijasida turli mulkchilik katlamlari shakllandi va
ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga aloxida ahamiyat berilmokda. Prezidentimiz I.A Karimov shunday ta’kidlab o’tganlar.
Ma’lumki, ilgarigi tartiblarga binoan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishda ortikcha hujjatlarni talab kilish kollari uchrab turar edi. Chunki bu jarayon ko’plab xukumat kadrlari asosida amalga oshirilardi. Bu borada yagona bir tizim bo’lmaganligi bois ro’yxatdan o’tkazuvchi davlat idoralari ishlarida ham anglashilmovchiliklar bo’lib turadi. Va buning okibatida tadbirkorlar bo’lar-bo’lmasga sarson-sargardon bo’lishardi. Endi bu jarayon anik bir tizim tarzida shakllandi va bu tadbirkorlar uchun juda katta kulayliklar tug’diradi. Vazirlar Makkamasining «Tadbirkorlik subyektlarini davlat
ro’yxatidan o’tkazish va xisobga ko’yish to’g’risida»gi 347 karoriga asosan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tumanlar (shaxarlar) hokimliklariga -o’z yashash joyidagi ro’yxatdan o’tkazuvchi organga (shaxsan o’zi kelib) mazkur Nizomdagi 4-ilovaga muvofik shakl bo’yicha : 1. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza; • 3X4 o’lchamli 2 ta fotosurat; • Ro’yxatdan o’tkazish yigimining belgilangan mikdori, to’langanligi to’g’risidagi bank to’lov hujjati; 49
• Muhr va shtamp eskizlari (3 nusxada) takdim etiladi va pasport ko’rsatiladi. Ma’suliyati cheklangan va ko’shimcha majburiyatli jamiyatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun; 1. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza; 2. Nizom va ta’sis shartnomasining notarial tasdiklangan 2 asl nusxasi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan takdirda, u tomonidan notarial tasdiklangan Nizom; 3.Tadbirkorlik faoliyati subyektinirng pochta manzilini tasdiklovchi hujjat; 4.Davlat boji yoki ro’yxatdan o’tkazish yig’imining belgilangan mikdori to’langanligi xakida bank to’lov hujjati; 5.Shaxarlar (tumanlar) xokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to’g’risidagi guvoxnoma; 6.Muassislarning xar biri tomonidan ta’sis hujjatlarida ko’rsatilagn o’z ulushining kamida 30 % i Nizomiga ko’shilganligini tasdiklovchi bankning ma’lumotnomasi. Tadbirkorlik subyektining nizom jag’armasi yoki uning bir kismi mulkiy ulush (ko’chmas mulk, asbob-uskunalar) yoki intellektual mulk xisobida shakllantirilgan takdirda - bank ma’lumotnomasi talab etilmaydi, ta’sis hujjatlarida nizom jamg’armasi shakllantirish manbaalari ko’rsatilishi muassislar niyatining tasdig’i xisoblanadi. 7.Muhr va shtamp eskizlari uch nusxada. Dekkon xo’jaliklari (yuridik shaxslar) . • Tuman (shaxar) kokimliklariga (shaxsan o’zi kelib yoki pochta orkali) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofik davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida ariza. • Kishlok xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) umumiy yig’ilishining yoki yukori boshkaruv organining tashkil etish to’g’risidagi karori; • Ustavning notarial tasdiklangan 2 asl nusxasi; 50
• Shaxar(tuman) kokimliklarinirng vakolatli organlari tomonidan beriladigan firma nomi to’g’risidagi guvoxnoma; • muxr va shtamp eskizlari 3 nusxada. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes korxonalariga kredit mablag’lari ajratish bo’yicha turli xil sansalorliklar davom etmoqda. hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish va kredit olish tinkani kuritadigan darajada og’ir jarayonga aylangan. Kichik va xususiy korxonalarning korijiy kredit mablag’laridan foydalanish imkoniyatlari foiz darajasining balandligi, biznes rejalarni ishlab chikishda tajriba yetishmasligi, garov talablari o’ta yukoriligi sababli cheklanib kolayapti. Kichik korxonalar xisoboti masalalarida ham tartib o’rnatish vaqti keldi. Kichik biznes korxonalarining xar oyda 15 xildan ko’p xisobot topshirishi tokat kilib bo’lmaydigan xoldir». Bugungi kunda kechayotgan iqtisodiy islokotlar davrida soliq solishning investision rag’batlantirish tizimini shakllantirish zarur. Bu tizim kelib tushadigan soliqlarning asosiy manbaa sifatida soliq solinadigan bazasini chukurlashtirishi emas, balki kengaytirishni takazo etadi. Soliq tizimining takomillashmaganligi, tegishli infratuzilmalarning rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning yetarli emasligi borasidagi qiyinchiliklar ham kichik biznesning ravnak topishiga yetarli imkon bermayotir. Rivojlangan mamlakatlar, ayniksa, ishlab chikarish soxasiga ko’p soliq pressini ko’llamaydilar. Respublikamizda kichik tadbirkorlik sektorida ishlab chikarish soxasi, eng asosiysi kayta ishlovchi xo’jalik yurituvchi kichik biznes subyektlari ko’pchilikni tashkil etadi. Shuning uchun, bizda ham, ishlab chikarish va kayta ishlash bilan shug’ullanayotgan kichik biznes subyektlariga soliq bo’yicha imtiyozlar berilsa maksadga muvofik ish bo’lar edi. Xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyot va davlat tarakkiyotiga, shu bilan birga, milliy farovonlikka erishish yo’lidagi ishlar samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu soxaning afzallik tomoni - moslashuvchanlik, tez orada faoliyat yo’nalishini o’zgartira olish xususiyatidir. Davlat xaramligida 51
yashab, ongiga bokimandalik kayfiyati kattik o’rnashib kolgan odamlarga mulkdorlik xissini uyg’otish oson kechmaydi. Lekin, mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkinki, hozir vaziyat 10 yil ilgarigidan ancha boshkacha - ko’pchilik mulkka egalik hissini anglab yetdi, mulkdorlar sinfi kengayib borayotir. Aynan shu mulkdor sinfining kengayishiga mos ravishda yurtimizda rivojlangan davlatlardek o’rta tabaka shakllanib, o’z ko’lamini oshirmokda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida‖gi 2005 yil 5 oktyabr, pf-3665-son Farmonida tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’qrisidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida quyidagilar belgilandi: mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya- xo’jalik faoliyatini qar to’rt yilda ko’pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa qar uch yilda ko’pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o’tkaziladi; yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini ular davlat ro’yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish o’tkazilmaydi; hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaqarlar)da ro’yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko’rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar, ularning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo’l qo’yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro’yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi; tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari bo’yicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va to’liq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu 52
jumladan penyani to’lagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo’llanilmaydi. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, qoraqalpoqiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shaqar hokimlari qattiq ogohlantirib qo’yilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo’jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o’rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat va ququqni muqofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va o’tkazish borasida belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo’lidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish belgilandi. 3. O’zbekiston Respublikasining nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. 4. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashi: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish yillik va
chorak muvofiqlashtiruvchi reja-jadvallarini shakllantirishning aniq
asoslangan tamoyillari ishlab chiqilishini ta’minlash belgilandi. 2005 yilning 1 dekabrigacha muddatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 2006 yilda tekshirish muvofiqlashtiruvchi reja-jadvalini ishlab chiqib, tasdiqladi, unda mazkur Farmonning 1-bandiga muvofiq kompleks tekshirishlar o’tkazishning asoslangan tamoyillari va muddatlaridan kelib chiqqan qolda tekshirilishi lozim bo’lgan subyektlar ro’yxatini shakllantirishni nazarda tutildi. Nazorat organlariga «Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi qonun moddalariga qat’iy muvofiq
53
ravishda rejadan tashqari tekshirishlar o’tkazilishini asoslab beradigan sabablar mavjud bo’lgan favqulodda holatlarda ularni o’tkazishga ruxsat berildi
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling