Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
A) ta’lim-tarbiyaviy talablar
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
A) ta’lim-tarbiyaviy talablar. Ma’lumki geografiya darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, о‘quvchdarning g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik vajismoniy tarbiyasi birligini ta’minlaydi.
Ayniqsa, geografiya darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material beradi. Shunga ko‘ra o‘qituvchi har bir geografiya darsiga tayyorlanishda dasturga va metodik qurollarga tayanib, shu darsda o‘quvchilarda qaysi asosiy bilimlar, o‘quv hamda ko'nikmalar shakllantirilishini,qanday tarbiyaviy g'oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qizi- qishlarini rivojlantirishga qanday yordam ko'rsatishini sinchiklab o'ylab olishi kerak. Shuningdek, geografiya darslari yosh avlodda barcha taibiya xususiyatlarini rivojlantiradi. Estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Tabiat insonni ruhan boyitadi, uning bilan muloqotda bo‘lish kishilarda yuqori ma’naviy sifatlaming shakllanishiga yordam beradi. Bolalami tabiat go‘zalligini ko‘ra olish va qadrlashga o'rgatish zarur. Shunga ko‘ra tabiat obyektlarini o'rganishda o'quvchilar e’tiborini tabiatdagi uyg‘unlikka, uning shakllarining nafisligiga, estetik rohat beruvchi go'zallikni ta’kidlamoq va shu asosda estetik tasawur va tushunchalar bermoq lozim. В) didaktik talablar. Geografiya darslarini o'tkazishnin aniqligi vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi, maqsadi v vazifalarini to‘g‘ri qo‘yish bilan ta’minlanadi. Dars vazifalarini belgilagach, o'qituvchi uning muvofiqroq tuzi lishini tanlashga kirishadi, ya’ni so‘rash, tushuntirish, mustah kamlash, yangi va ilgari o'zlashtirilganlami nazorat qilish, bilimlarr umumlashtirish va ketma-ketligini qanday izchiUikda o‘tkazisl kerakligini, so'rashning qaysi turidan — yakka (individual) so'rasl yoki frontal (umumiy) so‘rashdan foydalanishni o‘ylab chiqadi. Yangi materialni o'rganish vaqtini to‘g‘ri belgilash katt ahamiyatga ega. Yaxshi dars shu bilan farq qiladiki, unda yang materialni o‘iganish o‘qituvchi va o‘quvchilaming diqqat markazid turadi. U kengaytirilgan so‘rash yoki takrorlash bilan to‘sil qolinmaydi. Yangi material mazmunida o'quvchilar e’tiboi markazlashtirilishi zarur bo‘lgan lahzalar alohida ajralib turadi. Yang materialni o‘igana turib, o‘qituvchi ilgari o'rganilgan mavzulaigi albatta tayanadi, boshqa mavzulardan eng muhimlarini ajratadi. Bung «Cho‘llar» mavzusi misol bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bu mavzuni o‘igana turib, o‘quvchilar o'qituvchi rahbarligidi cho‘l iqlimining belgilarini: atmosfera yog'inlari miqdorining judi ozligini,yozning issiqligini, havo va tuproqning sutkalik hamda yillil o‘zgarishining juda kattaligini sanab chiqadilar. Xarita va suratlar bilan ishlash o'quvchilarga cho‘l yuzasininj xilma-xilligi, daryolar va ko'llaming kamligi, tuprog‘ining asosai qumli va loyli ekanligi, o'simliklarning siyrakligi, ko‘pinchi oTsimon ekanligi haqida xulosalar chiqarishga imkon beradi. Eng muhim ma’lumotlarni ajratish bilimlarni yaxshiro< o‘zlashtirib olishga yordam beradi va uy vazifasini bajarish vaqtidi o‘quvchilarga og‘ir bo‘lmasligini chorasini ko‘radi. O‘qituvchi u] ishining o‘quvchilar vaqtini mo‘ljallanganga qaraganda ko‘i olmasligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmog‘i lozim. Geografiya darslarini o‘tishda o‘iganishni rag‘batlantiruvch metodlarga alohida e’tibor ajratmoq kerak, buning uchun qiziqarl masala va mashqlar, idrokiy o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollardai foydalaniladi. Biroq har bir dars ham qiziqarli bo‘lavermaydi Oldinda turgan qiyinchiliklami hisobga olib, o‘quvchilarda iroda v: astoydillikni hosil qilmoq kerak. Zamonaviy geografiya darsi o'qitishning tashkiliy shakl larini anglab tanlanganligi, ya’ni umumsinf, guruh va individua mashg'ulotlaming oqilona uyg'unlashtirilganligi bilan xarakterlanadi Agar dars oldindan o‘ylangan va uning rejasi tuzilgan bo‘lsa, geografiya darsiga bo‘lgan ta’riflashgan talablarni amalga oshirish oson bo‘ladi. O‘qituvchi reja tuza turib, birinchidan, darsning asosiy maqsadini, uning tuzilishini, mazmunini (o‘quv materialini, metod va uslublarini, darsning har bir qismi uchun jihozlarni), ikkinchidan, tashkil qilinishi shakllarini (sinf bilan umumiy ish, o'quvchilaming guruhlarga bo'linib ishlashlari, har bir o‘quvchining yakka ishlashini) belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadga muvofiqligi darsni qismlarga to‘g‘ri ajratish bilan ta’minlanadi. Rejalashtirish dars tipini belgilovchi va didaktik maqsad bilan taqozo qilinadigan tuzilishga bog'liqdir. Geografiya darsining samaradorligi o'qitish metodlari to‘g‘ri tanlanganda va ular ko'rsatuv vositalari bilan uyg'un- lashtirilganda sezilarli darajada ortadi. Darsni muvaffaqiyatli o‘tish uchun o'qituvchi rejadan tashqari uning mazmunini ifodalovchi konspekt tuzishi kerak, unda darsda beriladigan savollar ro'yxati keltirilgan bo'ladi, qiziqarli — idrokiy materialdan foydalanib, hosil qilinadigan aniq vaziyatlar ko‘rsatiladi. Konspektda darsda foydalaniladigan qo‘shimcha manbalar (she’rlar, maqollar, topishmoqlar, yozuvchilaming asarlaridan parchalar) ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling