Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
Predmetli darslardan keyin o‘qish. O‘quvchilami tabiat jismlari bilan bevosita tanishtira borib, jismlaming tarkibiy qismlari va ulaming amaliy ahamiyatini tahlil qilib, o'qituvchi shu jismlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun o‘quvchilar bilan geografiya darslaridan: 2- sinfda «Termometr», 3- sinfda «Foydali qazilmalar», 4- sinfda «Kompas bo'yicha oriyentirlash» va shu kabi mavzu-maqolalami o'qiydi. Suhbat jarayonida o'qituvchi predmetli darslarda o'rganilgan va darslikda ta’riflangan obyektlaming xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi.
Yangi material о ‘rganiladigan dars. Darsning bu tipi nomlan- ganidek, sof ko‘rinishda uchramaydi. Biroq o‘quv materialining o'ziga xosligi va o'quvchilar diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o'rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o'tkazilishi mumkin. Bu ishga vaqtning ko‘p qismi ajratiladi, darsning boshqa qismlari unga bo'ysunadi. Yangi materialni o'tishda ilgari o‘rganilgan materiallar bilan vorislik o‘matish va yangi materialni ilgari o'zlashtirilgan materiallar ketma-ketligiga kiritish uchun bolalami yangi materialni qabul qilib olishga tayyorlovchi topshiriq va savollami takrorlaydilar. Bunday darsda o‘rganiladigan material birlamchi mustahkamlanadi. Bu tipdagi dars tuzilishi quyidagicha: 1) yangi bilimlar ongli o'zlashtirilishi uchun zarur bo'lgan materialni takrorlash va kuzatishlar kundaligi bilan ishlash; 2) dars mavzusi va maqsadini bildirish; 3) yangi materialni o‘rganish (kirish suhbati, amaliy ish, o'qituvchi hikoyasi); 4) amaliy ish mazmuni bo‘yicha suhbat; o‘quvchilaming mustaqil ishlashi (daftarlar, darslik, qiziqarli — idrokiy material, kontur va tabiiy xaritalar, dasturlashtirilgan kartochkalar va shu kabilar bilan); 6) o'quvchilaming o'rganilgan materialni tushunganliklarini tekshirish; 7) dars yakunini chiqarish; 8) uyga vazifa berish (qo‘yilgan maqsadga qarab, darsning xohlagan vaqtida berilishi mumkin). Mustahkamlash darsi. Bu tipdagi darsda o‘quvchilaming har xil topshiriqlar va geografiyaning boshqa predmetlar bilan aloqasini, shuningdek, tabiat jismlari hamda hodisalarining o‘zaro bog'lanishini ochib beruvchi ishlar markaziy o'rinni egallaydi. Bu darslaming tuzilishi quyidagicha bo'ladi: 1) oldinda turgan ishlaming maqsadini, taklif qilingan topshiriqlami bajarish uchun zarur bilim, uquv va ko‘nikmalarni esga olish (tiklash); 2) o‘quvchilaming topshirilgan ishlami bajarishlari; 3) o'qituvchining bajarilgan ishlami tekshirishi; 4) uyga vazifa berish. 163 Bilim, uquv va ko‘nikmalarni kengaytirish va rivojlantirisl shuningdek, yangi materialni qabul qilib olinishini osonlashtiris uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o‘rganishga tayyorgarli ishlari bajariladi. Masalan, jonli tabiat burchagi va o‘quv-tajrib maydonidagi ishlar (ko‘p yillik gulli — manzarali o'simliklarr parvarish qilish, ularni tupini bo'lish yo‘li bilan ko‘paytirisl rezavor meva butalari va meva daraxtlarini qishga tayyorlash, xon o‘simliklarini o‘tqazish va ko'paytirish, qulupnay ko‘chatlarir o'tqazish, tuproqni yumshatish va hokazolar) yoki tabiatdaj o'simlik zararkunandalari bilan tanishish. Bu tipdagi darslarda ekskursiyalar yoki tabiiy obyektlar ustida uzoq kuzatishlar jarayonida o'zlashtirilgan bilimlarni qayta tiklas maqsadida ilgari o'quvchilar tayyorlagan albomlardan, surai sxema, diafilmlardan foydalanish mumkin. О ‘quv-tajriba maydonchasidagi dars. Darsning bu tipidan faqt nazariy bilimlamigina emas, balki aniq uquv va ko'nikmalarr egallashda ham o'quvchilaiga yordam berish uchun foydalanilad O'quv-tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabii sharoitlarda o‘rganishga, o‘simliklarni parvarish qilishga, qishlo xo'jaligi ish qurollari bilan ishlashga o'rgatish imkoniyatini berad Bu darslarning bosh didaktik maqsadi mehnatsevarlikr tarbiyalash bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy tuzilis elementlari — tashkiliy qism, o'qituvchining yo‘l-yo‘riq berish o'quvchilarning mustaqil ishlashidir. 2- sinf o'quvchilari o‘quv-tajriba maydonchasidagi darslarr mehnat ta’limi bilan bog'liq holda, 3-4- sinflar — yan geografiya kursini o‘rganish bilan bog'liq holda o‘tkazadilai Boshlang'ich sinflarning o'quvchilari о‘quv-tajriba maydon chasida sabzavot va manzarali o'simliklar bilan ish olib boradilai Tajribalar va ular bilan bog'liq bo‘lgan kuzatishlar, ekskursiyalai agrotexnik va texnik-texnologik ma’lumotlar, shuningdek, o‘quv chilar olishi kerak bo‘lgan zarur o‘quv va ko‘nikmalar dasturd ko‘rsatilgan. Tajribalami o‘tkazish rejasi geografiya darsligid aks ettirilgan, shunga ko‘ra o‘quv-tajriba maydonchasidagi darslar ning eng muhim xususiyatlarini belgilab o'tamiz. Bu tipdagi darslar boshqa har qanday dars kabi puxta o‘ylanga reja asosida aniq belgilangan mazmunda o‘quvchilaming o‘qu materialini qabul qilib olishni va o‘zlashtirishni ta’minlovchi xilma xil metod va uslublar qo'llanishi bilan olib boriladi, ammo ula har doim suhbat bilan boshlanadi, shu asnoda o'qituvchi dat mazmuni va vazifasini tushuntiradi. Keyin amaliy ish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan material (urug‘lar, ko‘chatIar) o‘rganiladi va shu darsda kerak bo'ladigan ilgari o'tilgan bilimlar takrorlanadi. Maydonchadagi dars vaqtida suhbat sinfdagi metodik talablaiga muvofiq olib boriladi. O‘rganiladigan material (urug‘lar, ko‘chatlar, o‘simliklar) tabiiy holda ko'riladi. Suhbatdan keyin amaliy faoliyat bilan bog'liq yo‘l-yo‘riqlar beriladi, so‘ngra o‘quvchilar amaliy ishni bajarishga kirishadilar. Maktaboldi maydonchasidagi mashg'ulot rejasini keltiramiz: darsning vazifalari; darsga tayyorlanish; darsni jihozlash; dars o‘tishning tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli savollar qo'yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o‘qituvchining tushuntirishi, o'qituvchining ish uslublarini ko‘rsatishi, suhbat, ko'rsatilgan uslublarni o‘quvchilar tomonidan takrorlanishi, sinf bilan amaliy ish bajarilishi, o‘simliklami parvarish qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish); yakuniy suhbat. Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga barcha ish qurollarini to‘plashni, ulami tozalab, ko‘rsatilgan joyga qo'yishni taklif qiladi. Vaqtning bir qismi o‘quvchilarning o‘zlarini tartibga keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo'llarini sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi. Darsni muvafFaqiyatli o'tishi va qat’iy intizomga erishish uchun o‘qituvchi yana ish boshlangungacha har bir o'quvchiga mehnat qiladigan maydonchani ko‘rsatadi, shuningdek, kerakli individual ish qurollarini va ekish materialini beradi. Har bir o'quvchi ish bilan band bo‘lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi va baholanishi kerak. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling