Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Download 301.59 Kb.
bet52/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Maktab geografiya maydonchasida о ‘tkaziladigan dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko‘p qismini maktaboldi yer maydonida jihozlangan geografiya maydonchasida o'tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntiriishi va o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan murakkab mavzular o‘iganiladi. Geografiya maydonchasida ishni tashkil etish maktaboldi maydonidagidek bo'ladi. Geografiya maydonchasidagi darsga «Tabiatda suv» mavzusidagi dars misol bo‘lishi mumkin. Buning uchun maydonchaga suv keltirilib, tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar su1 oqimi yo'liga har xil to'siqlar qo‘yilsa, qirg'oqlaming yuvilish orollarning hosil bo‘lish, daryoning oqimi, irmog'i va quyilish manzarasini vujudga keltirish mumkin. Geografiya maydonchasid; o‘quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko‘ringani uchun, yotiq v; tik yonbag‘irliklarini qarab chiqadilar, keyin o'zlari qumda tepalil modelini tayyorlaydilar.
Shuningdek, soyni uning yaxshi ko‘rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, quyilishi, o‘ng va chap qirg'oqlari bilai modellashtirish mumkin.
Bunda o'quvchilar Quyoshning ufq ustidagi balandligin aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o'lchashga ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o‘rganadilar tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Geografiy; maydonchasida 3-4- sinf o'quvchilari bilan mahalliy belgilarg; qarab ufq tomonlarini aniqlash, kompas bo'yicha aniqlash quruqlik yuzasining shakllari, tog'lar kabi mavzularda darsla olib borish mumkin, bu darslar bolalarni qiziqtiradi, chunk ular amaliy faoliyat bilan bog‘liqdir.
Takrorlovchi — umumlashtiruvchi dars odatda mavzi o'rganilgandan keyin o‘tkaziladi. Uning didaktik maqsadi ilgar o'tilgan qator darslar mazmunini bir-biriga bog‘lash, ulardag eng muhim masalalarni aniqlash va, umuman, mavzu bo‘yich: umumlashgan xulosalar chiqarishdir.
Takrorlovchi — umumlashtiruvchi darslar mazmuniga yangilil elementlarini: yangi misollar, oldingi darslarda foydalanilmagar ko‘rgazmali qurollar, diafilmlar, diapozitivlar kiritilishi lozim.
O‘qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga puxt; tayyorlanishi (o‘rganilgan mavzu bo'yicha savollar ro'yxatin tuzish, umumlashtiruvchi jadval o‘ylab chiqish, individual didaktil kartochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlaming o'zlashtirilganligin chuqurroq tekshirish uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan shuningdek, o‘quvchilar tomonidan awal tayyorlangan albomdai foydalanish mumkin.
O‘quvchilar bilimini tekshirishda umumlashtiruvchi jadvalla alohida ahamiyatga ega, chunki ularda o'yin elementlari bor. Miso sifatida «To'rtinchisi ortiqcha» jadvalini keltirish mumkin. Bt jadvalning har bir qatorida to'rtta umumiy bo'lgan hayvonlardar uchtasi ular uchun umumiy bo'lgan belgi bo'yicha alohida guruhg< birlashtirilishi mumkin.


Jadvalga har xil qushlar oyoq va boshlg rasmlari ilova qilinadi. Bolalar ulaming oyoqlari nima bilan farq qilishini, suvda suzuvchi yirtqich qushlar hayotida qanday rol o‘ynashini, shuningdek, tumshuqlari ovqatlanishida qanday yordam berishini tushuntirishlari kerak.


Takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslarning tuzilishi quyi- dagicha bo‘lishi mumkin: 1) o'qituvchining kirish so‘zi, bunda o‘rganilgan mavzuning ahamiyatini tushuntiradi, dars maqsadi va rejasini bildiradi; 2) o‘quvchilaming individual, birgalikda og‘zaki yoki yozma umumlashtirilgan tipdagi topshiriqlami baja- rishlari; 3) ishning bajarilishini tekshirish va yetishmovchilikni bartaraf etish; 4) diafilmlar namoyish qilish; 5) yakun chiqarish.
Izohli o‘qish darsi, kino va teledars, shuningdek, ekskursiya darsi ham didaktik xususiyatga ega darslar tipigakirib, katta ahamiyatga ega.


Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling