Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Geografiya darslarining tiplari


Download 301.59 Kb.
bet50/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Geografiya darslarining tiplari. Darsni quyidagi tuzilis qismlariga ajratish mumkin:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

  3. Yangi materialni bayon qilish.

  4. O‘quvchilarning mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarr mustahkamlash, ulaming o‘zlashtirilishini tekshirish.

  5. Dars materialini umumlashtirish.

  6. Uyga vazifa berish.

  7. Baholami sharhlash.

Dars tuzilishi kurs mavzusi bo‘yicha darslaming umumi tizimida uning qanday o‘rin egallaganligiga bogiiq, ammo qanaq bo‘lishidan qat’i nazar har bir dars tashkiliy, mantiqiy, psixologi jihatdan yaxlit bo‘lishi kerak. Metodik jihatdan to‘g‘ri tuzilga: darsda barcha tomonlar o‘zaro boghiqdir.
Tabiatshunoshk darsining didaktik maqsadini aniqlash unin asosan nimaga yangi maqsadni o'rganishga, uni mustahkamlashgE takrorlashga va ketma-ketligini ta’minlash yoki o‘zlashtirishr tekshirish hamda hisobga ohshga bag‘ishlanishini belgilash demakdh
Tabiatshunoshk darsi bir nechta didaktik maqsadga ega bo'lish mumkin, shunga qarab uning tuzilishi, binobarin, darslarnin tiplari ham har xil bo‘ladi. Didaktik maqsadlariga qarab, darsla quyidagi tiplarga ajratiladi:

  • birlashtirilgan (kombinatsiyalashgan) dars;

  • yangi material o'rganiladigan dars;

  • mustahkamlash darsi;

  • predmetli dars; predmetli darslardan keyin o'qitish;

  • o‘quv-tajriba maydonchalaridagi dars;

  • maktab geografiya maydonchasida o'tkaziladigan dars;

  • takrorlovchi-umumlashtiruvchi dars;

  • izohli o‘qish darsi;

  • kino va teledars;

  • ekskursiya darsi.

Darsning qaysi tipi tanlanmasin, uning muvaffaqiyatli o'tkazilishi o‘qituvchining muntazam va har tomonlama tayyor- lanishiga bog'liqdir.
Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz:
Birlashtirilgan (kombinatsiyalashtirilgan) dars geografiya darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi, o'tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligi ishlarini) tekshirish, ya’ni bilimlarni o‘rganish va mustahkamlash kabilar kiradi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o‘tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o'qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko'rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko'rish, maqolalar o'qish, ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar yozish va rasmlar chizish qoTlaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni o'tishda keng tarqalgan xato — barcha ishlarni ko‘rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi geografiya faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) o'qish va aytib berishdan iborat qilib qo£yishdir. Geografiya o'qituvchisi tabiat to‘g‘risidagi bilimlaming asosiy manbai tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mus­tahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak.
Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o‘quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari haqida muayyan aniq bilimlar oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni ko'rib chiqadilar va taqqoslaydilar, ularning tarkibiy qismlarini, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o‘rganish keng tarzda yoki guruhlar bo'yicha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriyada ishlash malakasini egallaydilar, chunki darsda o'tkaziladigan ish tadqiqiy xarakterda bo‘lishi keral unda bolalar o‘rganilayotgan obyektlarning belgi va sifatlarir taqqoslaydilar, murakkab bo‘lmagan tajribalarni o‘tkazadilai Predmetli darslarda mustaqil ishlarning sanog‘i salmoqli bo'lisli kerak.
Predmetli darslami o'tishga o'qituvchi puxta tayyorlanishi lozirr Tarqatma materiallar o'quvchilar soniga to‘g‘ri kelishi zarur. Shi maqsadda ekskursiyada yig‘ilgan tabiat obyektlari (daraxt v butalarning quritilgan yoki to'kilgan barglari, meva va urug'la kolleksiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar)dan foyda lanish mumkin.
Foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng quia; vaqti bahorgi va yozgi ta’til kunlaridir. Bu davrda bolalarg geografiya xonasi uchun tabiiy material yig‘ib kelisl topshiriladi, bu imkoniyatlardan foydalanmoq lozim. Biroq bund o'quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o‘simlik hamda hayvonlarg ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligini esda tutishlai kerak.

  1. sinf dasturida predmetli darslar mo'ljallangan, ularda bolala termometrdan foydalanishga, yangi o‘simliklarda ildiz, poya, barg gul, meva va urug'lami taniy olishga o‘iganadilar, qishda o'simlikla hayotini, o‘simliklarning urug'lardan rivojlanishini (ilgarig tajribalar asosida) kuzatadilar. 3- sinfda bolalar foydali qazilmalar dala ekinlari to‘g‘risida boshlang'ich ma’lumotlar oladilar.

Garchi 3- sinf o'quvchilari 2- sinfda hosil qilingan predmetl darsdagi ba’zi ish tajribasiga ega bo'lsalar ham ular har hold; ish joyini qanday tashkil qilish kerakligi, kuzatishni qanda; izchillikda olib borish, ulami qanday qayd qilish, qay tarzd; xulosalar chiqarish zarurligi haqidagi maxsus yo‘l-yo‘riqlarg; ehtiyoj sezadilar.
Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • dars mavzusi va maqsadini bildirish;

  • ish rejasini doska va daftarlarga yozish;

  • tarqatma material bilan mustaqil ishlash;

  • ish mazmuni bo‘yicha suhbat (o'rganilayotgan obyek xususiyatlarini ta’riflash, uni ilgari o'rganilganlar bilan taqqoslash qo‘shimcha ko‘rgazmali material bilan ishlash);

  • daftarlarga yozuvlar yozib, rasmlar chizish;

  • bilimlami mustahkamlash va baholash.


Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling