Maxsus talim vazirligi
Download 157.79 Kb.
|
MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Spirantizatsiya
- Fonetik oʻzgarishlar
- Unutmaslik kerak: Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga
Degeminatsiya — so'z tarkibidagi geminatsiyaning yo'qolishi:
men+ning> mening, sizni > sizzi > sizi; qayyer > qayer kabi. 8. Sinerezis — so'z tarkibida yondosh qo'llangan ikki unlining diftonglashuvi — bir cho'ziq unli holiga kelishi: mutolaa > mutola: matbaa> matba: saodat> sodat kabi. Bu hodisa ikki unli orasidagi undoshning tushib qolishi hisobiga yuz berishi ham mumkin: zahar> za:r, shahar> sha:r kabi. 9. Spirantizatsiya — ayrim portlovchi undoshlarning ikki unli orasida (intervokal pozitsiyada) sirg'aluvchi undoshga o'tishi: bora ber> boraver (b > v), kabob> kavob(b > v), po'stloq> po'stlog'i(q > g'), taroq > tarog'i (q >g') kabi. Bu hodisada pozitsion omil (intervokal holat) bilan birga kombinator omil (unlilarning undoshga ta’siri) ham ishtirok etgan. Fonetik oʻzgarishlar Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib qolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Unutmaslik kerak: Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir. Fonetik hodisalar 3 xil bo‘ladi. 1. Tovush tushishi Asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida so‘zda ayrim unli va undosh tovushlar tushib qoladi. Asosan, unlilardan a, i, e, u, undoshlardan t, n, qo‘sh undoshli so‘zlarda esa s, l, m kabi tovushlar tushishi kuzatiladi. 2. Tovush ortishi Ayrim so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shganimizda tovush ortadi. Bu hodisa yozma nutqda unlilar bilan sodir bo‘lmaydi, faqat undosh tovushlar (n, y) ishtirokida kuzatiladi. Misollar: de + il + di = deyildi; mavzu + im = mavzuyim; shu + ga = shunga. Bu+ga= bunga U+ga=unga O’sha+ga=oshanga Bu+ni= buni U+da= unda O’sha+da= o’shanda Shu+dan= shundan Shu+da= shunda Bu+dan= bundan Shuningdek, ch, s, b kabi undoshlarning ayrim so‘zlar tarkibida ikkilantirilishi ham tovush ortishi hisoblanaveradi. Download 157.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling