Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари
Tekshirish uchun savollar
Download 230.5 Kb.
|
Дефектология асослари маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU: RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR Reja
- Tayanch iboralar
Tekshirish uchun savollar.
1.Logopediya faning maqsadi. 2.Logopediya faning vazifalari. 3.Nutq haqida tushuncha. 4.Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari? 5.Nutq nuqsonlari qanday xarakterlanadi. 6.Nutq nuqsonlarining turlari. 7.Logopediyada tovush hosil qilish usullari. 8.Nutqida kamchiligi bor bolalar qayerda talim tarbiya oladilar. 8-MAVZU: RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR Reja 1.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni boshqa nuqsonli bolalardan farqi. 2.Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari. 3.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tarbiya muassasalari. Tayanch iboralar:Infantelizm- organizmning o’sishdan to’xtab qolishi. Adabyotlar ro’yxati. 1.T.A.Vlasova. M. S. Pevzner. Kamol topishida kamchiliklari bo’lgan bolalar haqida .Toshkent 1976 y. 2.Aytmetova.S.SH. Yordamchi maktab o’quvchilarining psixik rivojlanish xususiyatlari.Toshkent 1984 y. 3. Mametov K.T. Aqli zaif bolalar psixologiyasi. Ma’ruzalar matni 2001 y. 4.Rahmonova. “Defektologiya va logopediya asoslari” T. 1991 y. 5. Shoumarov G’B, K.Mamedov. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixologik xususiyatlari va differensial diagnostikasi. Toshkent,1987y. 6 Shoumaroy G”B,Mamedoy K.K. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar. T,1993 y. Asteniya-darmonsizlik, turli sabablarga ko’ra ruhiy jihatdan zaif bo’lib qolish. Ommaviy maktab oldida ta’lim-tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol o’sishini ta’minlashdek muhim vazifa turadi. Bu vazifani bajara borib, ba’zan ayrim bolalarning o’qishda qiynalishlari kuzatiladi. Bu qiyinchiliklar bolalarning ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklar oqibatida tug’iladi. Bu kamchiliklar maktabda bolaning o’zlashtirmasligiga olib keladi. Nuqsonli bolalar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchraydi. Bu bolalarda hech qanday organik jarohatlar bo’lmaydi. Umumta’lim maktablarida rivojlanishda turli nuqsonlari bo’lgan bolalarning ko’pchiligi o’qiydilar va ushbu maktab dasturini o’zlashtirishga qiynaladilar. Ruhiy rivojlanishning susayishi haqidagi ma’lumotlar asosan XX asrning ikkinchi yarmidan keyin ko’zga tashlana boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda ruhiy rivojlanishning susayishi vaqtinchalik holat deb tasavvur qilingan. O’zlashtirmaslikning aqliy zaiflik bilan o’xshatmoq, chalkashtirish qo’pol xatoliklarga olib keladi. O’zlashtirmaslikning ko’pincha aqli zaiflikning yengil darajalariga, zaif eshituvchilarga o’xshatib yuboriladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari har xil bo’ladi; -onaning homiladorlik davridagi taksikozlari; -bolaning chala tug’ilishi,asfeksiya; -onaning yurak tomir kasalliklari; -bolaning yurak kasalliklari (tug’ma parog). O’zlashtirmaslikning sabablari: -bolaning maktab ta’limiga tayyor emasligi; -bolada o’quv faoliyati zaminlari va malakalarining shakllanmaganligi; -bolalar talablarga bo’ysinishga o’rganmaganlar, boshlagan ishlarini oxiriga yetkazishni, topshiriqni bajarganda diqqat qilishni bilmaydilar. Umumta’lim maktablaridagi barcha o’zlashtirmovchi o’quvchilarni3 guruhga ajratish mumkin. 1.Umumta’lim maktablarida qoldiriladigan yoki uzoq bo’lmagan muddatga sog’lomlashtirish nuassasalariga yuborilib, maktabga qaytariladigan o’zlashtirmovchi bolalar. 2.Nuqson harakteriga ko’ra tegishli maxsus maktablarga yuboriladigan o’zlashtirmovchi bolalar. 3.Umumta’lim maktablarda qoldiriladigan o’zlashtirmovchi bolalar. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bilish faoliyati, tafakkuri, idrok, diqqat, ish qobiliyati markaziy nerv sistemasining kasalliklari, o’qituvchining pedagogik malakasining pastligi, oiladagi nizolar, noto’gri tarbiya natijasida bir qadar zarar yetgan bo’ladi. Doimo o’zlashtira olmaslik tufayli bu bolalar xulq atvorida turli salbiy xislatlar yuzaga keladi. N.Vayzman va boshqa olimlar tekshirishi shuni ko’rsatdiki, ruhiy rivojlanishi sust bolalar o’zlashtirish jihatdan sog’lom va debil bolalar orasidagi oraliq o’rinda turadi. Normal bola topshiriqni to’g’ri tushunib, kerakli tartibda bajargan bo’lsa, debil bolalar bajara olmaydilar. Ruhiy rivojlanishi sust bolalar esa vazifani qisman tushunib, qisman bajaradilar. Pedagogik nazardan qolgan bolaning maktabgacha tarbiya davridayoq oiladagi tarbiyaning yomon sharoitlaridan kelib chiqishi, yoki maktabdagi tajribasiz, qoloq bolaning e’tiborsiz qoldirilishi, yoki bolaning maktabga muntazan ravishda qatnashmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Bunday o’quvchilar tegishli pedagogik yordamdan so’ng o’zlashtiruvchi o’quvchilar safiga qo’shilishi mumkin. Agar bu bolalarga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa borgan sari o’z tengdoshlaridan orqada qoladilar. Ta’limdagi muvaffaqiyatsizliklar bolalarda o’qishga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi va ularda doimiy ravishda maktabdagi xulq qoidalarini buzib boradilar. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling