Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари
Tekshirish uchun savollar
Download 230.5 Kb.
|
Дефектология асослари маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-MAVZU: O’ZBEKISTONDA MAXSUS YORDAMGA MUXTOJ BOLALAR UCHUN TASHKIL ETILGAN MUASSASALAR. Reja
- Tayanch iboralar.
Tekshirish uchun savollar.
1.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning nuqsonli bolalardan farqi. 2.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar qanday guruhlarga bo’linadi. 3.Ruhiy rivojlanishi sustlashganlik shakllari . 4..Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning konstitutsional shakli. 5.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning somatik shakli. 6.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixogen shakli . 7.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning serebral shakli. 9-MAVZU: O’ZBEKISTONDA MAXSUS YORDAMGA MUXTOJ BOLALAR UCHUN TASHKIL ETILGAN MUASSASALAR. Reja: 1. Xalq ta’limi vazirliga qoshidagi maktabgacha va maktab yoshigacha bolalar uchun tashkil etilgan maxsus ta’lim – tarbiya muassasalari. 2. Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi muassasalar. 3. Ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi muassasalar. 4. Nuqsonli bolalarni maxsus muassasalarga saralash. Tayanch iboralar. T.P.K. - tibbiy pedagogik komissiya B.S.F.- bolalar serebral falaji. Adabiyotlar ro’yxati1. I.A.Karimov. Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. 1997 y. 2. V. Raxmanova. “Defektologiya va logopediya asoslari”. T. 1991 y. 3. G’. Shoumarov, K.Mamedov. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixologik xususiyatlari va differensial diagnostikasi. 4. S.SH.Aytmetova. Yordamchi maktab o’quvchilarining psixik rivojlanish xususiyatlari.Toshkent 1984 y. Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri buyuk Vatanimizning kelajagini yaratuvchi yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlarni tarbiyalashdir. Bu ishni amalga oshirishda, ya’ni sog’lom avlodni shakllantirish ishlarida oila asosiy o’rinni egallaydi.Bugungi kunda har bir oila bolaning unga bitilgan sog’lom tarbiya ertangi kun yaratuvchisini sog’lom bo’lib yetishishini ta’minlaydi. “Sog’lom avlod uchun”, “Oila kodeksi”, “Ta’lim” to’g’risidagi qabul qilingan qarorlar va dasturlar nogironlikni oldini olish ularning muhitini yaxshilash, ilk bor nogironlikni aniqlash, saralash, maxsus ta’lim-tarbiya berish va korreksion-pedagogik ishlar orqali korreksiyalash, kasbga yo’naltirish, jismoniy tarbiyalash, nogironlar bilan ishlash uchun kadrlar tayyorlash masalalari yoritilgan. Respublikamizda qabul qilingan “Bolalik ” nogironligi masalalari, ularga g’amxo’rlik qilish, hayotga moslashtirish ishlarini tashkil etish konsepsiyasi umumjahon tajribalariga asoslangan xolda ishlab chiqilgan bo’lib, nuqsonni bartaraf etishni faollashtirishning qo’yidagi dolzarb muammolarini hal etishni va amalga oshirishni maqsad qilib qo’yadi. O’zbekistonda maxsus ta’lim tizimi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, sivilizatsiya yutuqlaridan foydalangan holda rivojlanib borishni talab etadi. Ommaviy va maxsus maktab va maktabgacha muassasalar o’rtasidagi to’siqlarni yo’qotish yangi turdagi ta’limni tashkil etish. Har bir oila, mahalla hududida yashovchi nogiron bolani erta aniqlash, saralash. Yoshlar, yangi turmush qurgan oilalar orasida axborot vasitalari orqali tashviqot ishlarini olib borib, nogironlik muammolari haqida tushunchalar hosil qilish. Nogiron bolalarni aniqlash, o’rganish ishlarini takomillashtirish. Oilada yashovchi murakkab nuqsonli bolalar uchun maxsus murabbiylar uylarini tashkil etish va korreksion ishlarini takomillashtirish. Oila hamkorligida jismoniy, ruhiy nuqsonli bolalar va o’smirlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish. Respublikamizda nuqsonli bolalarga yordam ko’rsatish uch yo’nalishda: xalq ta’limi, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirliklari orqali olib boriladi. Xalq ta’limi vazirligi qoshida tashkil etilgan muassasalar. Aqli zaif bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari, yordamida maktab, maktab internatlari mavjud. Maxsus maktabgacha muassasalarga 3-6 yoshdagi debil bolalar qabul qilinadi. Bolalar uylariga yetimlari, bog’chalarga ota-onasi bor bolalar qabul qilinadi. Maxsus bog’chalarda bolalar maktabga tayyorlanadi. Yordamchi maktab, maktab internatlariga 7 yoshdan debil bolalar qabul qilinadi. Sinflarda o’quvchilar soni, 12 tagacha bo’ladi. Maxsus muassasalarda oliygofpedagog, vrach, psixolik, logoped, tarbiyachilar ishlaydilar. Muassasalarda komplektlash T.P.K tomonidan amalga oshiriladi. Eshitishida nuqsoni bor bolalar uchun kar, zaif eshituvchilar, ta’lim muassasalari, maktab internatlari mavjud yasli bog’chalarga 1.5 yosh, bog’chasiga uch yoshli bolalar qabul qilinadi. Guruhlarda 10-12 ta murakkab nuqsoni bo’lgan bolalar guruhlarida 8 ta bola tarbiyalanadi. Maktab internatiga 7 yoshdan bola qabul qilinadi. Sinfda 10-12 nafar, murakkab nuqsonli bolalar sinfda 5-7 ta o’quvchidan iborat bo’ladi. Maxsus muassasalarda surdopedogog, vrach, logoped, tarbiyachilar ishlaydi. Maxsus muassasalarga komplektlash TPK tomonidan amalga oshiriladi. Ko’rishda nuqsoni bor bolalar uchun ko’r, zaif ko’ruvchi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab internatlari mavjud. Maktabgacha ta’lim muassasalarga 2-3 yoshdan bolalar qabul qilinadi. Guruhlarda 10-12 ta bolalar bo’ladi. Muassasalarda bolalar maktab ta’limiga tayyorlanadi. Maxsus maktab internatlarida, ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar 7 yoshdan maktabga qabul qiladi. Bu muassasalarning maqsadi bolalarning buzilgan ko’rish funksiyalarini imkor qadar tiklash va rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash, davolash ishlaridan iborat. Ko’r, ko’zi ojiz , aqlan zaif bo’lgan bolalar uchun maktab internatlari mavjud. Sinflarda 12 ta o’quvchi, murakkab sinflarda 5-7 ta o’quvchidan iborat. Bu muassasalarga bolalar TPK tomonidan yuboriladi. Muassasalarda tiflopedagog, vrach oftalmolog, psixolog tarbiyachilar ishlaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun maktab internatlar mavjud. Harakat- tayanch azolari jarohatlangan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab internatlar mavjud. Bu muassasalarga o’zi mustaqil harakat qila oladigan bolalar (bolalar serebral falaj) qabul qilinadi. Maxsus muassasalarga bolalar TPK tomonidan yuboriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarga 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalar, maktab internatiga 7 yoshdan o’quvchilar qabul qilinadi. Muassasalarda o’qituvchilar, tarbiyachi, logoped, defektolog ishlaydi. Nutq bog’ chalarida 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar, nutqi umuman rivojlanmagan bolalar guruhi, bolalarni umumta’lim maktablari yoki nutq maktablaridan bilim olish uchun tayyorlaydi. Duduqlanuvchi bolalar guruhi umumta’lim yoki nutq maktablaridan bilim olish uchun tayyorlanadi. Poliklinikalar qoshida logopedik punktlar mavjud, bo’lib, nutq nuqsonlarini oldini olish va bartaraf etish ishlari olib boriladi. Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli muassasalar. Maktabgacha tarbiya yoshdagi aqli zaif bolalar uchun psixonevrologik sanatoriyalar, maxsuslashtirilgan kasalxonalarga bolalar bo’limi, maxsus bolalar uyida (tug’ulgan 3-4 yoshgacha) yoshlarga (1-3 yoshgacha) klinik jihatdan murakkab guruh ya’ni serebral falajning turli formalari, daun, inbisil bolalar qabul qilinadi. Psixonevrologik sanatoriya maxsus va uzoq vaqt davolash kerak bo’lgan bolalarga xizmat qiladi. Sanatoriyalarda harakat-tayanch apparatlaridan nuqsoni bo’lgan bolalar, aqli zaif bolalar davolanadi. Psixonevrologik sanatoriyalarga, nevrozlar, serebrosteniya, markaziy sestemasining erta jarohatlanishi natijasida nevrotik holatlar miya funksiyasida somatok kasalliklari bo’lgan bolalar davolanadilar. Bu yerda nuqsonlarni korreksiyalashga qaratilgan pedagogik ishlar olib boriladi. Maxsuslashtirilgan kasalxonalarning bolalar bo’limida maxsus davolash kursini o’tash yoki tashhisini aniqlash uchun yuboriladi. Kasalxonalarda bolalar qisqa vaqt bo’lishlariga qaramay, ruhiy xolati yaxshilanish, rivojlanish, nutqini va dunyoqarashini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi. Sanotoriyalarning vazifasi bolalar nutq buzilishini tuzatish va bartaraf etish maqsadida davolash, sog’lomlashtirish va logopedik tadbirlarni tashkil etishdan iborat. Maktab yoshdagi bolalar bilan umumta’lim fanlari bo’yicha sinflarga mos holda o’qitish ishlari olib boriladi. Ishtimoiy ta’minot vazirligiga qarashli muassasalar. Ishtimoiy ta’minot vazirligiga qarashli maktabgacha bolalar uylarida, bolalar uylariga 4-yoshdan 10 yoshgacha imbesil bolalar qabul qilinadi. Ko’r, kar, saqov bolalar uchun bolalar uylari mavjud. Imbisil va idiot darajasidagi chuqur aqli zaif bolalar uchun maktabgacha tarbiya va tayyorlash guruhlaridagi tarbiyaviy ishning asosiy maqsadi, ularning psixik va jismoniy nuqsonlarini kompensatsiya qilish va mehnatga tayyorlashdir. Bu muassasalarda uzoq kechadigan, kamdan-kam tuzalib ketadigan kasalliklarga chalingan bolalar joylashtiriladi. Ular doimo yordam va parvarishga muhtoj bo’ladilar. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling