O‘z-o‘zini yuksaltirish: Mag‘rurlik o‘ziga hurmat beradi.(Self-exaltation: Pride gives credit to himself). Hech qachon o‘zingizni
Mag‘rur tutmang. O‘z-o‘zini yuksaltirish - mag‘rurlikning birinchi shakli.Uhsbu shakl ingliz mediadiskursida o‘z qadr-qimmatini bilish, obro‘sini to‘kmaslik mazmunida qo‘llaniladi. Xarakterli jihati asosan ko‘p[chilik bilan suhbatlarda, bazmlar, oilaviy dasturxon, ertalabki nonushta stolid o‘z holatini yashirish, mag‘lublik, ojizlikni sezdirmaslikka harakat qilish orqali ko‘rsatiladi.
O‘zini ko‘rsatish, baho berish (self-promotion: Pride welcomes credit from others): Ya’ni boshqalarga o‘zini ko‘rsatish, o‘zining
qobiliyatlarini ko‘rsatishga harakat qilish. Ba'zilar o‘zini maqtashning o‘rniga, boshqalarga uni ko‘tarishga imkon beradi. Ammo boshqalardan maqtov olish mag‘rurlikning yana bir shaklidir. Boshqalar bizni to‘ldirishi uchun o‘z fazilatimizni va muvaffaqiyatimizni namoyon qilsak, biz mag‘rur bo‘lamiz.
O‘zini oqlash: Mag‘rurlik Xudoning O‘zidan hurmat kutadi (Self-justification: Pride expects credit from God Himself).O‘z qilgan
amallarining to‘g‘ri ekanligiga ishonish;
O‘z-o‘zini kamsitish: mag‘rurlik o‘zini hokisor tutish.(Self-degradation: Pride tears himself down.)
Mag‘rurlikning keyingi uchta shakli nozikdir, chunki ular muvaffaqiyatsizlikka uchraganda yuzaga keladi. Ko‘pchilik muvaffaqiyatsizlikka uchraganida qalblarida g‘urur topishni kutmaydi. Darhaqiqat, odamlar muvaffaqiyatsizlikka kamtarlik uchun imkoniyat sifatida qarashadi.
Self-demotion: Pride compares himself to others. O‘zini kamsitish: Mag‘rurlik o‘zini boshqalar bilan solishtiradi. Mag‘rur odam o‘zini
shaxsiy ravishda kamsitishi mumkin yoki u o‘zini omma oldida pastga tushirishi mumkin. Bu mag‘rurlikning beshinchi shaklidir. O‘z-o‘zini pasaytirish - bu siz boshqalarga qaraganda yomonroq ishlaganini ko‘rsatadi. Asosan bazmlarda boshqalarning past tabaqaga mansub ekanligini bazmdagilarga bildirib qo‘yish, o‘zining undan bir pog‘ona yuqori ekanligini anglatish hissi bilan namoyon bo‘ladi. Serialda Skarletga bo‘lgan munosabatda yaqqol namoyon bo‘lkadi. G‘ururning bu jihati bir shaxs ikkinchi bir shaxsdan qaysidir jihatda o‘zib ketsa yoki ustunlikka erishsa, bu ustunlikni yo‘qqa chiqarish uchun uning zaif tomonini topish orqali amalga oshadi. Bunda hasad tuyg‘usi bilan bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |