Медиа дискурсларда “Ғурур” концетини ифодаловчи бирликларнинг лингвокультурологик тадқиқи
O‘zbek tilida“G‘urur” konseptining leksik semantik xususiyatlari
Download 1.63 Mb.
|
G\'urur.Dissertatsiya.14.11 (3)
O‘zbek tilida“G‘urur” konseptining leksik semantik xususiyatlari.
O‘tgan asrda tilshunoslarning keng e’tibor markazida bo‘lgan , dastavval mantqiy kategoriya sifatida izohlangan konsept termini bugungi kunda zamonaviy tilshunboslikning ham muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylandi deyish mumkin. Endilikda sohalararo funksional cheklovlarni qat’iy qo‘ymasdan, mantiqiy va lingvistik kategoriyalarni o‘zida mujassamlashtiruvchi terminni qabul qilish zaruratini o‘laroq konsept tilshunoslikda keng o‘rin oldi. Birlikning ortib borayotgan talabi bir qator raqobatdosh nominativ birliklarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Biroq, bu birlik hech bo‘lmaganda ba'zi mamlakatlarda na bitta umumlashtirilgan ta'rifga, na bitta atamaga ega. Masalan, rus fanida "kontsept" atamasi monosemantik emas va "kontseptsiya" kabi atamalar raqobati xususida munozarali qarashlar mavjud. Xususan, (Likhachev, Stepanov, Lyapin, Neroznak va boshqalar) "lingvokulturama" (Vorobyev), "mifologema" (Lyahteenmyaki, Bazylev), "logoepisteme" (Vereshchagin, Kostomarov, Burvikova) singari terminlar mohiyatini sharxlash bo‘yicha bahslar 90-yillarning boshidan beri davom etmoqda. Biroq, so‘nggi yillarda "kontsept" atamasi foydalanish chastotasiga ko‘ra boshqa barcha terminlardan ancha faol ekanligi ma'lum bo‘ldi.66 Ko‘pgina yangi ilmiy tushunchalar singari, "konsept" ma'lum darajada kognitiv metafora orqali fanga kiritilgan: "ko‘p o‘lchovli hislar to‘plami", "hayotning semantik qismi"67, Madaniyat geni"68 (Talmy 2000), "ma'noning ma'lum bir kuchi"69, "xotira birligi", "bilim kvanti", "mavhum, tumanli tushuncha"70deb nomlangan . Hozirgi kunda "kontsept" atamasi tilshunoslikning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. U kognitiv, semantik va madaniy tilshunoslikning shartli tizimiga kirdi.71 Aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida ham konseptni turli aspektlarda yosh tadqiqotchilar, olimlar tomonidan tadqiq etishga qaratilgan tadqiqotlar salmog‘i kundan kunga ortib bormoqda. Xususan, “Halollik konsepti”72, “Inson konsepti”73, “Go‘zallik konsepti”74, “Farzand konsepti”75, “Mulk konsepti”. O‘zbek tilining elektron lug‘atlartini yaratish, til bo‘yicha mavjud web-sahifalar fondini boyitish, korpuslar tuzishda tilda mavjud bo‘lgan har qanday leksemaning mohiyatini izohlash tilda va lisonda, nutqda voqelanishini tahlil qilish asosida yirik ma’lumotlar bazasini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, konseptni lingvistik tushuncha sifatidagi mohiyatini inson ongosti qatlamidan o‘rin olgan murakkab, ko‘p shkalali tuzilma sifatida baholash mumkin. Ushbu shkalalar fonida muayyan leksemaning turli nutqiy vaziyatlarda voiqelanishi umumlashadi. Bunda leksemaning leksik, sintaktik, stilistik, morfologik, fonetik, pragmatic, sotsiolingvistik, lingvokulturologik jihatlari ham asosiy e’tiborga olinadi. Keng qamrovli va “ko‘p shkalali” birlik bir tushuncha atrofida birlashadi va nutqda so‘z maqomida voqe’lanadi. “G‘urur” konseptining sematik mohiyatini asoslash, yoritish yuqorida ta’kidlangan dolzarb masalalar yechimida muhim rol o‘ynaydi. Odatda , o‘zbek madaniyatida g‘urur konsepti quyidagi birirkmalar tarkibida faol ishtirok netadi ota ona g‘ururi, millat g‘ururi, yigit g‘ururi, oila g‘ururi, qiz g‘ururi, erkaklik g‘ururi, ayollik g‘ururi, milliy g‘urur, xalq g‘ururi; G‘ururi toptalgan, g‘ururi yerga urilgan;g‘ururi sindirilgan; g‘ururini poymol qilmoq, g‘ururini toptamoq; kibrga berilmoq, takabburlik, manmanLug‘atlarda g‘ururning semantic mohiyati quyidagicha izohlanadi: Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling