Медиа дискурсларда “Ғурур” концетини ифодаловчи бирликларнинг лингвокультурологик тадқиқи


Download 1.63 Mb.
bet33/44
Sana13.01.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1090939
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
G\'urur.Dissertatsiya.14.11 (3)

O‘zbek tilida:
Burni ko‘tarilmoq, burni shishmoq,o‘ziga bino qio‘ymoq, o‘ziga ortiqcha baho bermoq, dimog‘i ko‘tarilmoq, dimog‘i shishmoq, burni osmonda.

B.A. Larinning ta’kidlashiga ko‘ra, “faqat so‘z birikmalarigina paremiyaning o‘rganish doirasiga kiradi va frazeologiyaning predmetiga aylanadi. Biroq hamma so‘z birikmasi ham ibora bo‘lavermaydi. ... Fikr ifodalashni sintez qiluvchi eng sodda shakli sifatida, so‘z birikmalari sintaksis bilan bog‘liq bo‘lgan nutq birliklaridir. Ammo so‘zlarning ichki tarkibiy qo‘shilishi semantik birlikka, semantik yaxlitlikka bog‘liq bo‘lgan jumlalar sintaksisning o‘rganish obyekti bo‘lolmaydi – ular leksemaga juda yaqin, aralash leksemalar singari ularni ham mustaqil ravishda – frazeologiyada leksikologiya nuqtai nazaridan yoki leksikografiyada ko‘rib chiqish kerak. So‘z birikmasi nutq birligining maxsus va o‘ziga xos turi sifatida tilshunoslar tomonidan e’tiborga olingan va ta’kidlangan. Keyinchalik, har qanday tilning lug‘at boyligi turlicha ekanligi, uning bir qismi jumlaga qarab tortilib, sintaksisga tegishli bo‘lsa, boshqasi so‘zga yaqinlashishi aniqlandi – bular “ajralmas birikmalar” (A.A. Shaxmatov), ​​“barqaror birikmalar” (S.I. Abakumov), ya’ni yaxlit nuqtai nazarni ifoda etgan bir nechta so‘zlarning barqaror birligidir. Ular tarixan faqat etimologik jihatdan, ya’ni zamonaviy til tizimidan tashqarida dekompozisiyalanadi. Jumlalarning bu qismi sintaksisdan ajratilgan bo‘lishi kerak, ammo uni leksikologiyaga o‘tkazib bo‘lmaydi – aynan shu qism frazeologiyaning predmetini tashkil etadi”122.


Paremiyalar ommaviy axborot vositalarida matn yaratish kabi asosiy vazifani amalga oshiradi. Paremiyalar nafaqat matnni jonlantiradi, balki matnning parchalarini ham bog‘laydigan vosita bo‘lishi mumkin123
Tadqiqotchi Sobirova fikriga ko‘ra, paremiyalar evfemik vazifani ham bajaradi – masalan, “die” (o‘lmoq) o‘rniga “pass away” ni (olamdan o‘tish) ishlatish. Masalan, “forest of red tape” (qizil lentalar o‘rmoni) kontekstida – “red tape” (qizil lenta) qo‘polroq bo‘lgan “byurokratiya” so‘zi o‘rniga qo‘llanadi. Bu hujjatlarni bog‘lash uchun ishlatiladigan lentaning byurokratiya ramzi sifatida qo‘llanishi natijasidir: “forest” (o‘rmon) so‘zi – “qizil tasmalar o‘rmoni” bu holda g‘oyaning semantik jihatdan kuchaytirilishiga hissa qo‘shadi va byurokratiyani haddan tashqari ko‘pligini aniq ko‘rsatib beradi, ya’ni miqyosdan chiqib ketayotganini anglatadi.124
Biz yuqorida media diskurslarning asosiy turlarini ajratib ko‘rsatgan edik. Bular sirasida kinematografiya salmoqli o‘rinlardan birini egallaydi. Kinematografiyada paremiologik va frazeologik birliklarning qo‘llanilishi tahlil qilinganda ular quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi aniqlandi:

“Gone with the wind”










PRIDE feels no pain.
Pride finds no cold





Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling