Медиа дискурсларда “Ғурур” концетини ифодаловчи бирликларнинг лингвокультурологик тадқиқи


Download 1.63 Mb.
bet36/44
Sana13.01.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1090939
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
G\'urur.Dissertatsiya.14.11 (3)

Xadicha sulton: Kendini abartıyorsun. Adımını düşün. Tüm dikkatimi sana veriyorum. Fazla gurur. Güçlü bir rüzgarda bükülmemiş bir ağaç kırılır. Dikkatli ol Hürrem.
Nutq implikatsiyaga boyligi bilan xarakterlanadi. Fikrni obrazli ifodalash orqali bir necha ma’noga ishora qilinadi:

  • Kendini abartiyorsun- o‘zingga ortriqcha baho beryabsan, aslida bunga noloyiqsan!

  • Fazla gurur-ortiqcha kerilma, mag‘rurlanma;

  • Güçlü bir rüzgarda bükülmemiş bir ağaç kırılır-ortiqcha mag‘rurliging seni halokatga boshlaydi.

Shuningdek, ikki turkiy xalqlar serialida maqollar ironiyani ifodalashda muhim komponent bo‘lib xizmat qiladi. Ingliz tilida mag‘rurlikni to‘g‘ridan to‘g‘ri baholanadi va unga ortiqcha qochirim, kesatiq qo‘shilmaydi.

“Mendirman Jaloliddin” serialida esa g‘urur bilan bog‘liq iboralar salmog‘i yuqori. Yuqorida jadvalda keltirilgan maqollar boshqa shaklda beriladi. Iboralardan “o‘zingga ortiqcha baho berma”, “qorong‘uda chiroq yoqib ham topib bo‘lmaydi”(shaxs o‘zini ta’kidlagan holatda), “tilingga ortiqcha erk berma”,” o‘zingni osmonda tutma” singarilar bilan ifodalangan. Maqol va iboralar xalq donishmandligi mahsuli. O‘zbek madaniyatida maqollar asosan yoshi keksalar tomonidan yoshlarga qarata ishlatiladi. “Mendirman Jaloliddin” serialida ham qo‘llanilgan paremiologik birliklarning asosiy qismi Sulton Alovuddin, Turkon Xotun hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, o‘ziga baho berish mazmunida qo‘llaniladi:


Chingizxon: Shul arslonni tutadigan jasorat bormi?
Bahrom tujjor: Bul arslonni tutadigan zakiy aql bor menda, xoqonim.Mendayini qorong‘uda chiroq yoqib ham topib bo‘lmas.
Ortiqcha mag‘rurlanmaslikni ta’kidlash uchun:
Turkon xotun: Sen kimning soyasida bu darajaga erishganingni zinhor unutma. Toki men bor ekanman, amaldorlar so‘zingga itoat etg‘usi. Magarkim, men bo‘lmasam, birortasi buyruqlaringga bo‘ysunmas. Shu boisdan O‘zingga ortiqcha baho berma , sulton Alovuddin!
Miqdoriy jihatdan g‘urur tuyg‘usi o‘zbek maqol fondida juda keng aks ettirilgan, bu bizga o‘zbek madaniyati tashuvchilari ongida hissiyotning chuqur aks etish darajasi haqida gapirishga imkon beradi. Xulosa qilish mumkinki, o‘zbek maqollari va iboralari mag‘rurlikni gunoh sifatida qabul qilishning diniy stereotipi bilan tavsiflanadi.
G‘urur konsepti bilan bog‘liq maqollarning strukturaviy-semantik tahlili shuni ko‘rsatadiki, uch tilda ham g‘urur paremiyasining cheksiz imkoniyatlari mavjud.G‘ururni obyektivlashtiruvchi metaforalarni o‘rganishning ushbu bosqichida biz taqqoslanadigan tillar uchun umumiy bo‘lgan, inson uchun g‘ururning eng muhim belgilarini ifodalovchi ba'zi o‘zgarmas, doimiy modellarni nomlashimiz mumkin.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling