Loyiha tahlili loyihalashitirishning yakuniy bosqichi bolib, uning maqsadlari quyidagilardan iborat: loyihalashtirilayotgan xizmat tavsifi turistlar sogligi va hayoti hamda atrof-muhit havfsizligini taminlaydi; turistlarga xizmat korsatish jarayoni loyihalashtirilgan tavsiflarga mos kelishi; sifat nazorati usullari xizmat korsatish jarayoni tavsifini obektiv baholanishini taminlaydi. Loyiha tahlili turistlik korxonasining tegishli faoliyatni amalga oshiruvchi bolinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Loyihani tasdiqlash loyiha yaratishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Turistlik xizmatlarini loyihalash va xizmat korsatish jarayoni buyurtmachi bilan kelishilgan holda turistlik korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Loyihani ozgartirish asosli holatda buyurtmachi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin va turistlik korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Ayrim turistlik xizmatlarini loyihalashtirishni turistlik sayohati misolida korib chiqamiz«Turistlik sayohati» xizmatini loyihalashtirish tartibi ikki bosqichni nazarda tutadi: Turistlarga xizmat korsatish dasturiga muvofiq «Turistlik sayohati»ga qoshiladigan har bir xizmatni loyihalashtirish; «Turistlik sayohati» xizmatini yaxlit loyihalashtirish. Turistlik korxonasi amalga oshiradigan turni loyihalashtirish turistlik korxonasi imkoniyatlarini sayyohlar ehtiyoji bilan kelishuvni nazarda tutadi. «Turistlik sayohati» xizmatining qisqacha bayoni aholining sayohatlar turi va shakliga bolgan ehtiyoji hamda muayyan hududdagi rekreatsion imkoniyatlarni organish asosida tuziladi. Xizmatning qisqacha bayoni turistlarga xizmat korsatish dasturining loyihasida aniqlanadi.
4.Xizmat korsatishda xodimlarga qoyiladigan talablar
Shundan kelib chiqib, xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish shuningdek, bugungi kun talabidagi zamonaviy mehmonxonalarda xizmat korsatish hajmini kopaytirish, samaradorlik darajasini oshirish, koproq bepul va pullik qoshimcha xizmatlarni yaratish lozim. 2-jadvalga asoslanib, mehmonxonalarda joylashish, ovqatlanish va ichimliklar, transport, madaniy va sport faoliyati, xaridlar, ishbilarmonlik xizmatlari shuningdek, turistik xizmatlarni ham taklif qilishi kozda tutilgan. Mehmnxonalarda bu хizmatlar alo darajada korsatilishi bevosita хоdimlarning mahoratidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |