Mehnat bozori statistikasi reja: kirish


Download 1.2 Mb.
bet10/13
Sana22.09.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1684403
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ergashov Umidjon Erkin o‘g‘li

MR = MYO – N + IYO + IN
Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi;
N – I-II guruh nogironlari.
Mehnat resurslari quyidagi vaqtlarda ko„payishi mumkin:
 16 yoshga to„lgan yoshlar hisobiga;
 Ishga jalb qilingan nafaqachilar hisobiga (shu jumladan
imtiyozli nafaqaga chiqqanlar ham);
Shu hududga boshqa yerlardan kelib, ishga qabul qilinganlar
hisobiga.
16 yoshni to„ldirgan yoshlar hisobiga mehnat resurslarining
ko„payish koeffitsienti (YOK16) 16 yoshni to„ldirgan yoshlar sonini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo„lib topiladi.
YO16 x 1000
YOK16 = -------------------------;
MLA
Bu yerda: MLA = mehnatga layoqatli aholi soni.
Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul
qilingan nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo„lib topiladi:
IN x 1000
NK = ---------------------
MLA

Hududga ko„chib kelgan va ishga qabul qilinganlar koeffitsienti (HKKK) hududga ko„chib kelib, ishga qabul qilinganlar sonini (HKIQ) mehnat yoshdagi mehnatga layoqatli aholi (MLA) soniga bo„lib topiladi:


HKIQ x 1000
HKKK = --------------------------
MLA
Mehnat resurslari turli sabablarga asosan kamayishi mumkin, ularning asosiylari quyidagilar:
 Mehnat qilish yoshidan o„tib, nafaqaga chiqadiganlar;

 Ushbu yilda mehnat yoshida vafot etganlar;


 Shu hududdan boshqa yerlarga ko„chib ketganlar va shu
kabilar.
O„zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish
haqqiga ega bo„lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida ro„yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta tayyorlanishga tayyor bo„lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi. Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi turlarga bo„ladi:
Friksion ishsizlik;
Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik;
Davriy ishsizlik.

Xalq xo„jaligi tarmoqlari bo„yicha: sanoat, qishloq xo„jaligi, qurilish transport, sog„liqni saqlash, maorif va shu kabi tarmoqlarda ishlovchi xodimlarga guruhlanadi.


Bajaradigan ishlar bo„yicha: ishchilar injener texnik xodim, xizmatchilar, xizmat qiluvchi kichik xodimlar, shogird-o„quvchilar kabi guruhlanadi.

Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakati kadrlar bo„limi tomonidan yurtiladi va hisobotda ko„rsatiladi. Barcha xodimlar quyidagi ishga qabul qilingan guruhlariga bo„linadi:


 doimiy;
vaqtincha;
 mavsumiy.

Xodimlar harakati ko„rsatkichlari: ishga qabul qilinganlar koeffitsienti, ishdan ketganlar koeffitsienti, turg„unlik koeffitsientlari bilan ifodalanadi.


Xodimlarning ishga qabul qilish koeffitsienti – hisobot davrida yangi qabul qilingan xodimlar sonini korxona xodimlarning o„rtacha soniga bo„lib topiladi:


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling