Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob


 Xodimning ishga mast holatda kelganligi oradan 7 oy o’tgach aniqlandi. Bu holatda ushbu xodimga intizomiy jazo qo’llasak bo’ladimi?


Download 29.41 Kb.
bet3/9
Sana09.02.2023
Hajmi29.41 Kb.
#1179159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mehnat intizomiga oid eng ko

8. Xodimning ishga mast holatda kelganligi oradan 7 oy o’tgach aniqlandi. Bu holatda ushbu xodimga intizomiy jazo qo’llasak bo’ladimi?
Yo’q. Nojo’ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab 6 oy o’tganidan, moliya-xo’jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, sodir etilgan kundan boshlab 2 yil o’tganidan keyin jazoni qo’llab bo’lmaydi. Jinoiy ish bo’yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi (MK 182-moddasi 6-qismi).
9. Xodimga ham intizomiy jazo qo’llab, ham mukofotdan mahrum qilsa bo’ladimi?
Ha. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 14 iyunda 746-son bilan ro’yxatdan o’tgan “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibi namunaviy qoidalari”ning 3.10-bandiga ko’ra: “Xodimlarga mehnat intizomini buzganlik uchun intizomiy javobgarlikdan tashqari, lokal hujjatlar bilan boshqa ta’sir ko’rsatish choralari qo’llanilishi mumkin (mukofotdan, yillik ish yakuniga ko’ra beriladigan qo’shimcha rag’batlantirish to’lovlaridan to’liq yoki qisman mahrum qilish).
Shuningdek, Oliy Sud Plenumining 17.04.1998 yildagi 12-son qarorining 31-bandiga asosan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasining qo’llanishi aybdorga nisbatan mehnat qonunlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan intizomiy jazo hisoblanmaydigan ta’sir choralarini (mukofotdan mahrum etish, yillik ish yakuniga ko’ra beriladigan qo’shimcha rag’batlantirish to’lovlaridan mahrum etish yoki miqdorini kamaytirish va b.) qo’llash imkoniyatini istisno qilmaydi.
Mukofotdan mahrum qilish – intizomiy jazo turi emas, balki xodimga huquqiy ta’sir ko’rsatish chorasidir.
Demak, agar lokal hujjatlarda nazarda tutilgan bo’lsa, xodimga ham intizomiy jazo qo’llab, ham mukofotdan mahrum qilsa bo’ladi.
10. Ma’muriy javobgarlikka tortilgan xodimga intizomiy jazo qo’llasa bo’ladimi?
Ha. Agar sodir etilgan huquqbuzarlik xodimning o’z mehnat vazifalarini bajarish bilan bevosita bog’liq bo’lsa hamda xodim ma’muriy javobgarlikka tortilsa, ish beruvchi xodimga intizomiy jazo qo’llashga haqli.
Har bir nojo’ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo’llanishi haqidagi qoidachi deyishingiz mumkin? E’tibor bering, gap faqat bitta intizomiy jazo xususida ketmoqda. Ya’ni xodimga masalan, ham hayfsan, ham jarima qo’llay olmaysiz.
Ma’muriy jazo esa ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni javobgarlikka tortish chorasidir. Masalan, shifokor hayoti yoki sog’lig’i uchun xavfli holatda bo’lgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatishni asossiz ravishda rad etganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi (MJTK 59-1 moddasi). Bu holatda shifokorga Mehnat kodeksining 181-moddasidagi intizomiy jazolardan birini qo’llash mumkin.
E’tibor bering, agar tashkilotning ichki mehnat tartib qoidalarda tibbiy yordam ko’rsatishni asossiz ravishda rad etish mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzish sifatida ko’rsatilgan bo’lsa, shifokor bilan mehnat shartnomasini MK 100-modda ikkinchi qismining 4-bandi bilan ham bekor qilish mumkin.
11. Xodim ishga kechikkanligi uchun ogohlantirildi va xodimdan tushuntirish xati olindi. Ishga kechikish holati yana takrorlanganidan keyin xodim mehnat intizomini muntazam buzganligi uchun ishdan bo’shatilishi mumkinmi?
Yo’q, mumkin emas. Tanbeh, ogohlantirishlar intizomiy jazo ham, huquqiy ta’sir chorasi ham hisoblanadi.

Download 29.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling