Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob


 Xodimga bir kunda 2 marotaba, masalan ertalab ish boshida va kechga borib ish tugashida intizomiy jazo chorasi qo’llasa bo’ladimi?


Download 29.41 Kb.
bet8/9
Sana09.02.2023
Hajmi29.41 Kb.
#1179159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mehnat intizomiga oid eng ko

22. Xodimga bir kunda 2 marotaba, masalan ertalab ish boshida va kechga borib ish tugashida intizomiy jazo chorasi qo’llasa bo’ladimi?
Ha, bemalol qo'llasa bo'ladi. Mehnat kodeksi 182-moddasi 4-qismiga ko’ra, har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin. E’tibor bering har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun 1ta intizomiy jazo qo’llay olasiz. Ishga uzrli sabablarsiz xodim kechikib keldi. Unga ham hayfsan, ham jarima qo’llay olmaysiz. Faqat bitta jazoni qo’llay olasiz.
Ertalab ishga kechikkanligi uchun xodimga hayfsan qo’llanildi. Xodim tushlikka chiqib olingan hayfsanni “yuvib”, tushlikdan so’ng mast holatda qaytdi. Bu holatda unga bu nojo‘ya xatti-harakati uchun yana intizomiy jazo qo’llasangiz bo’ladi. Yoki bu xodim bilan mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismi 3-bandi xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi sababli ham bekor qilishingiz mumkin. Yoki bo’lmasa, agar korxona ichki mehnat tartib qoidalarida xodimning ishga mast holatda kelishi mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzish sifatida ko’rsatilgan bo’lsa, MK 100-moddasi 2-qismi 4-bandi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi sababli ham bekor qilishingzi mumkin. Ertalabki hayfsanni u boshqa nojo‘ya xatti-harakati ya’ni ishga kechikkanligi uchun olgan edi.
Demak, xodimga u sodir etgan nojo‘ya xatti-harakatlari uchun intizomiy jazo chorasi qo’llashda cheklov yo’q. Ya’ni xodim ertalab ishga kech keldi, unga jarima qo’llanildi hamda ishdan vaqtli ketib qoldi yana jarima qo’llasangiz bo’ladi. Chunki, xodim 2ta har xil nojo‘ya xatti-harakat sodir etmoqda. Jarimani ushlab qolishda esa MK 164-moddasi talablariga rioya qilish esdan chiqmasin.
23. Xodim mehnat ta'tili davrida bo'lsa ham intizomiy jazo chorasi bersa bo'ladimi?
Mehnat kodeksi 182-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan 1️ oy ichida qo‘llaniladi. Demak, xodim ta’tilda bo’lgan vaqti intizomiy jazo qo'llanilishi kerak bo’lgan 1 oylik muddat o’tishi to'xtab turadi. Xodim ta’tildan qaytgach, bemalol intizomiy jazoni qo’llayverasiz.
Bundan tashqari, MK 100-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish) 3 qismiga ko’ra xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
Bundan ham xulosa qilish mumkinki, xodim ta’tilda bo’lgan vaqtida intizomiy jazo qo’llab bo’lmaydi. Chunki, Mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismining 3 va 4-bandlari bo‘yicha bekor qilish intizomiy jazo chorasi hisoblanadi.

Download 29.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling