Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob


Download 29.41 Kb.
bet6/9
Sana09.02.2023
Hajmi29.41 Kb.
#1179159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mehnat intizomiga oid eng ko

18. Men ishxonamizda 5 yil davomida intizomiy jazo olmasdan ishlab keldim. Biroq, meni hech kim rag‘batlantirmadi. Aytingchi, xodimlarni rag‘batlantirishga ish beruvchi majburmi?
Mehnat kodeksi 180-moddasiga ko’ra, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi. Xodimni rag’batlantirish ish beruvchining huquqidir. Ya’ni ish beruvchi o’zining moliyaviy holatidan kelib chiqib xodimlarni rag’batlantirishi mumkin.
19. Men qon topshirganligim uchun ishga chiqa olmadim va bu haqida ish beruvchini ogohlantirdim. Lekin ishga chiqmading deb, menga hayfsan berishdi shu to’g’rimi?
Noto’g’ri. Chunki xodimlar tomonidan davlat yoki jamiyat manfaatlariga doir bajariladigan vazifalar: surishtiruv organlariga, tergovchi, prokuror huzuriga, sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislar tariqasida (chaqiriq bo‘yicha) borish, shuningdek, xodim tomonidan jamiyat manfaatlari yo‘lida qilinadigan harakatlar avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish; inson hayotini saqlab qolish; quyish uchun qon topshirish va boshqa hollarda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida (qonun bilan belgilangan yoki tegishli organning chaqiriq qog‘ozida, xabarnomasida ko‘rsatilgan vaqtda) ish beruvchi xodimning ish joyi (lavozimi)ni saqlagan holda uni ishdan ozod qilishi shart.
Shuningdek, qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni donor ana shu kunlar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi. Donorga har safar qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bir kun beriladi. Donorning xohishiga ko‘ra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi mumkin.

Download 29.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling