Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob


 Ish tashlash mеhnat intizomini buzish hisoblanadimi?


Download 29.41 Kb.
bet7/9
Sana09.02.2023
Hajmi29.41 Kb.
#1179159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mehnat intizomiga oid eng ko

20. Ish tashlash mеhnat intizomini buzish hisoblanadimi?
Ha. Amaldagi mehnat qonunchligi bo’yicha xodimning ish tashlashi mеhnat intizomini buzish sifatida baholanadi. Buni quyidagi fikrlar bilan asoslaymiz.
Dunyo yangiliklarida qaysidir davlatda qaysidir soha ishchilari ish tashlash uyushtirgani haqida tez-tez o‘qib turamiz. Bunday holatlar o‘zimizda ham sodir bo‘lib turibdi.
Ish tashlash – mehnat nizolarini hal qilish usullaridan biri bo‘lib, biror tashkilot yoki korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasida jamoaviy mehnat nizosi vujudga kelganda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy talablarining korxona yoki hukumat darajasida qondirilishiga erishish maqsadida jamoaviy tarzda ishlarni to‘liq yoki qisman to‘xtatishni o‘zida ifodalaydi.
Tabiiy savol tug‘iladi: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha xodim ish tashlash huquqiga egami?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-moddasida esa xodimning asosiy mehnat huquqlari mustahkamlangan. Biroq, xodimning ish tashlash huquqi, shuningdek, ish tashlash davrida xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari amaldagi qonunchiligimizda o‘z aksini topmagan. Lekin qonunchiligimizda paradoks mavjud. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 218-moddasida taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek, favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi[1].
Demak, mantiqan o‘ylab qarasak, Jinoyat kodeksida taqiqlangan ish tashlash tushunchasi berilgan ekan, qonuniy ish tashlash ham mavjud bo‘lishi kerakmi?
Amaldagi qonunchiligimizda esa qonuniy ish tashlash tushunchasi mavjud emas. Taqiqlangan ish tashlash tushunchasiga esa hech qanday sharh berilmagan.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining yangi tahririning dastlabki 636 moddadan iborat 2019 yilgi loyihasining 626-630 moddalarida xodimning ish tashlash huquqi tartibga solingan edi.
Lekin negadir Mehnat kodeksining yangi tahririning keyingi 621 moddadan iborat 2020 yilgi loyihasida esa ish tashlash huquqi chiqarib tashlandi.
21. Xodimimiz homilador. Ishga o’z vaqtida kelmaydi, erta ketib qoladi, berilgan topshiriqlarni ham qoniqarsiz bajarmoqda. Qo'llaringdan hech narsa kelmaydi, baribir bo'shata olmaysan deyapti. Biz u bilan mehnat shartnomasini bekor qila olmaymizmi? Qanday yo’l tutsak bo’ladi?
Homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas desak noto’g’ri bo’ladi. Chunki, Mehnat kodeksi 237-moddasiga ko’ra bunday ayollar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan ya’ni 100-modda bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno. Boshqa asoslar bilan: 89, 97.1, 97.5, 99, 105, 106-moddalar bilan homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini bemalol bekor qilish mumkin. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/2258
Amaliyotda ayrim homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar tomonidan qonunchilik tomonidan berilgan kafolatlarni suiiste’mol qilish holatlari kuzatilmoqda. Ya’ni, mehnat intizomiga ongli ravishda rioya qilmaslik, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarmaslik. Xodimning noloyiqligi va ishni uddalay olmayotganligini isbotlovchi aniq faktlar mavjud bo‘lsa ham, ish beruvchilar malakasi va mehnat unumdorligi o‘ta past bo‘lgan bunday toifa xodimlar bilan ishlashga majbur bo‘lishmoqda. Bu esa tashkilotga iqtisodiy jihatdan ham qimmatga tushmoqda.
Bunday vaziyatlarda ish beruvchi nima qila oladi?
Faqatgina yuqoridagi xodimlarga quyidagi intizomiy jazolardan birinigina qo‘llay olishi mumkin:
• hayfsan;
• o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;
• ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan holatdagina o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.
Agar shunday vijdonsiz xodimlar bo’lsa ularga ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan bo'lsa o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida jarima va mukofotdan mahrum qiling. Agar lokal hujjatlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, xodimga ham intizomiy jazo qo‘llab, ham mukofotdan mahrum qilsa bo‘ladi. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/2604
Bir kunda 2 marta jarima ham qo’llashingiz mumkin. Chunki xodimga u sodir etgan nojo‘ya xatti-harakatlari uchun intizomiy jazo chorasi qo’llashda cheklov yo’q. Ya’ni xodim ertalab ishga kech keldi, unga jarima qo’llanildi hamda ishdan vaqtli ketib qoldi yana jarima qo’llasangiz bo’ladi. Chunki, xodim 2ta har xil nojo‘ya xatti-harakat sodir etmoqda. Jarimani ushlab qolishda esa MK 164-moddasi talablariga rioya qilish esdan chiqmasin.
Batafsil: https://qalampir.uz/uz/news/ekspert-fikri-ish-beruvchining-zimmasidagi-ortik-cha-yuk-larni-olish-vak-ti-kelmadimi-12717

Download 29.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling