Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob
Download 29.41 Kb.
|
Mehnat intizomiga oid eng ko
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25. O’zboshimchalik bilan ta’tilga chiqib ketgan xodimga intizomiy jazo berish mumkinmi
24. Xodimning aybli harakatlar sodir etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilinganda (MK 100-moddasi 2-qismining 3, 4-bandlari) xodimga qanday to’lovlar to’lanadi?
Bu holatda xodimga foydalanilmagan ta’tillari uchun kompensatsiya to‘lanadi (MK 151-m.) Ta’tillar muddati ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Ularning muddati har bir to‘liq ta’til miqdorini o‘n ikkiga bo‘lib, so‘ng to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh kalendar kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi (MKning 141-moddasi). Mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari tufayli bekor qilinganda yillik asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilidan asli holida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi (MK 152-m.). Mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlayotgan xodimga ish haqi to‘lanadi (MK 110-m). Agar muddatli mehnat shartnomasi xodimning aybli xatti-harakatlari bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilingan bo‘lsa, xodim ish beruvchiga neustoyka to‘lashi mumkin (MKning 104-m). Ishdan bo’shatish nafaqasi esa to’lanmaydi (MKning 109-m). 25. O’zboshimchalik bilan ta’tilga chiqib ketgan xodimga intizomiy jazo berish mumkinmi? Umumiy qoidaga ko‘ra, ta’til berilishi rad etilgan taqdirda, xodim ish beruvchining ruxsatisiz mustaqil ravishda ishni tashlab ketishga haqli emas. Shu bois korxonada kelishib tasdiqlanadigan ta’tillar jadvali bor-yo‘qligini bilish muhimdir (MK 144-moddasi). Ta’tillar jadvalida ta’til boshlanadigan aniq sana nazarda tutilgan bo‘lsa, bunga ish beruvchi tomonidan xodimga ta’til berilishiga oldindan rozilik bildirilishi deb qarash mumkin. Shu sababli xodim tomonidan bunday jadvalga rioya etilishi ta’tilga o‘zboshimchalik bilan chiqib ketish deb qaralmaydi. Mazkur holatda rahbar arizani imzolamasdan va buyruq chiqarilmasdan ta’tildan foydalanishdan oldin korxonaning lokal hujjatlarida ta’til berish vaqti rahbar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan "alohida" shartlar nazarda tutilgan-tutilmaganligini bilish zarur. Ta’til berish va undan foydalanishning muayyan tartib-taomillari nazarda tutilgan-tutilmaganligini ham bilish zarur. Lokal hujjatlarda ko‘rsatilgan shartlarni bajarmagan xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin (MKning 181, 182-moddalari). Korxonada ta’tillar jadvali yoki ularni taqdim etish davriyligi qayd etilgan boshqa hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi xodim ta’tilga chiqishni so‘rayotgan davrda uning ishda bo‘lmasligi rahbariyat uchun noxush oqibatlarni keltirib chiqaradigan bo‘lsa, arizani darhol qanoatlantirishga majbur emas. Masalan, korxona yoki uning bo‘linmalaridan birontasining faoliyatida uzilishlarni yuzaga keltiradigan bo‘lsa. Ish beruvchi yillik ta’tildan foydalanishi uchun xodimga boshqa kalendar davrini taklif etishi mumkin. Ta’til xodimlar uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda beriladigan holatlar istisno etiladi (MKning 144-moddasi 3-qismi). Download 29.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling