Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda


Download 499.5 Kb.
bet10/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda:

  • Filialning tarkibiy tuzilmasi kesimida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiya tarkibini aniqlaydi, ularning saylovi, o‘quvini (o‘quv muddatlari va dasturi ko‘rsatiladi) o‘z vaqtida tashkil etadi;

  • mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovini barcha nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazadi va g‘oliblarni yuqori kasaba uyushmasi organlariga tavsiya etadi;

  • Filial va uning tarkibiy tuzilmasida uch bosqichli mehnat muhofazasi holati ustidan ma’muriy-jamoatchilik nazorati olib borilishini ta’minlaydi;

  • har ___ nafar xodimga (ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlariga, bo‘linma va uchastkalarda jamoatchilik nazoratini olib borish ehtiyojiga qarab) bir nafar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil saylab qo‘yilishini ta’minlaydi;

  • yil davomida mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymagan xodimlarni ish beruvchining mablag‘lari hisobidan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 1 (bir) barobari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantirish tartibini o‘rnatadi.

IX. IJTIMOIY SUG‘URTA.
IJTIMOIY IMTIYoZ VA KAFOLATLAR



  1. Taraflar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etish va imtiyozlar berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar:

a) 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103, 144, 150-moddalar);
b) atom ob’ektlaridagi falokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103-modda);
v) I va II guruh nogironlari uchun (68, 135, 143, 144, 150, 214, 220-moddalar).

  1. Ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini Vazirlar Mahkamasining “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida to‘lab boradi.

  2. Ish beruvchi xodimlarni yilida kamida bir marta epidemiya xavfi mavjud bo‘lgan kasalliklardan filial hisobidan emlab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

  3. Xodim surunkasiga bir oydan ortiq kasal bo‘lganida uning iltimosiga (arizasiga ko‘ra) ko‘ra belgilangan miqdorda unga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

  4. Ish beruvchi ishlayotgan pensionerlarga o‘tgan oy uchun pensiyani oyning ikkinchi yarmi uchun to‘lanadigan ish haqi bilan bir vaqtda to‘liq miqdorda to‘lab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5597-son Farmoniga binoan).

  5. Xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vafot etganda ish beruvchi moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda uning oilasiga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 7 barobarigacha miqdorda muassasa tomonidan qo‘shimcha topilgan mablag‘lar hisobidan (homiylik, pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar) moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.


  6. Download 499.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling