Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Download 499.5 Kb.
bet11/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Ish beruvchi:

- filialda ishlab pensiyaga chiqqan, ishlamaydigan pensionerlarning mehnat jamoasining jamoat hayotida ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratishni, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa yakka-yolg‘izlardan xabar olish, tug‘ilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovg‘alari berishni, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishda ko‘maklashishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishni o‘z zimmasiga oladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4906 son “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni).
- Filial direktori kasaba uyushmasi bilan birgalikda xodimlarga “Moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan moddiy yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.(11-ilova)

  1. O‘sib kelayotgan yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida taraflar quyidagi majburiyatlarni oladilar:

- har yili o‘quv yili boshlanishi arafasida ko‘p bolali, kam ta’minlangan xodimlar farzandlari uchun har bir bolaga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini _50_ foizi hisobidan kelib chiqqan holda darsliklar va o‘quv qurollari xarid qilishni;
- har yili xodimlar farzandlariga yangi yil sovg‘alarining filial va kasaba uyushmasi hisobidan topshirilishini tashkil etishni;
- xodimlar farzandlarining bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875 sonli “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida xodimlar farzandlarini chet tillariga o‘qitish uchun moddiy ko‘mak berish;
- Taraflar yotoqxonalar va idoraviy turar joylarni saqlab turishga, ularda yashash uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilashga, yashovchilar orasida madaniy-ommaviy, ma’naviyat-ma’rifat ishlarini olib borishga ish beruvchi hisobidan mablag‘ hamda zarur ashyolar ajratish majburiyatini oladilar.



Download 499.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling