Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Ish beruvchining majburiyatlari


Download 499.5 Kb.
bet15/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Ish beruvchining majburiyatlari:

a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida qo‘shimcha imtiyozlar berish;
b) ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlarga yillik mehnat ta’tili ularga qulay bo‘lgan paytda beriladi. Shuningdek, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga yillik mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra birinchi ish yili uchun olti oy o‘tmasdan beriladi.
v) Filial uchun kerakli bo‘lgan kadrlarni tayyorlab borish maqsadida oliy o‘quv yurtlari talabalari kontrakt pulining bir qismini to‘lab berish;
g) yosh oila a’zolari bo‘lgan xodimlarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish va uy-joy qurilishi, shuningdek safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmat o‘tashga haq to‘lash uchun yosh xodimlarga foizsiz ssudalar berish.

  1. Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ularni turli yot diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishlaridan, zararli odatlarga berilib ketishlaridan muhofaza qilish maqsadida davlat va huquq-tartibot organlari, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalar bilan hamkorlikda axloqiy-tarbiyaviy mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil qilinadi.

  2. Kam ta’minlangan, yetim, nogiron, kasalmand talabalar turar joylarida yashovchi va ijarada yashovchi talabalarning dars tayyorlashlari va yashash sharoitlarini yaxshilash, dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish borasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik qilinadi.

  3. Direktor kam ta’minlangan, yetim, nogiron, kasalmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarning kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash imkoni bo‘lmagan vaqtda, to‘lov muddatlarini uzaytirishga imkon beradi. Bunda kasaba uyushma qo‘mitasi bayonnomasi asos bo‘ladi. Shuningdek, shu kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun ijtimoiy paketlar joriy qiladi.

  4. Talabalar turar joylarida kam ta’minlangan, chin yetim, yetim va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar kasaba uyushma qo‘mitasining qarori asosida bepul joy bilan ta’minlanadi.

  5. Talabalar turar joylarida yashovchi talabalarni xavfsizligi ta’minlanadi. Talabalar turar joylari faollari (talabalar kengashi, qavatlar sardorlari, tozalik komissiyasi) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

  6. Talabalar turar joylarida talab darajasida sanitar-maishiy sharoitlar yaratib beriladi. Yuvinish, ovqatlanish xonalari, o‘quv zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, kutubxonalar jihozlanib, madaniy dam olish uchun televizor hamda sport tadbirlarini o‘tkazish uchun sport anjomlari xo‘jalik hisobidan xarid qilinadi.


  7. Download 499.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling