Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Kasaba uyushmasi qo‘mitasi majburiyatlari


Download 499.5 Kb.
bet16/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi majburiyatlari:

a) yosh xodimlarning ijtimoiy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish ishlarini yanada takomillashtirish uchun mavjud huquqiy-normativ bazadan foydalanish;
b) yosh yigit-qizlarni kasaba uyushmalari faoliyatiga jalb etish ishlarini olib borish, jamoat ishida faollik ko‘rsatgan yoshlarni tizimli ravishda ma’naviy (faxriy yorliq, tashakkurnoma, ular to‘g‘risida gazetalarda rag‘batlantiruvchi maqolalar chop etish) va moddiy rag‘batlantirish;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasiga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmasligini ta’minlash.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 2471-moddasiga asosan «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat o‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart»ligi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish.



XIII. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISh.



  1. Kelishuvchi tomonlar, ijtimoiy sherikchilik prinsiplarini tan olgan holda, jamoa shartnomasini bajarilishida yuzaga kelgan har qanday nizolarni oldini olish choralarini ko‘rishni o‘z zimmasiga oladilar. Bahslashuvlar O‘zbekiston Respublikasi qonun va qonunosti xujjatlari asosida hal etiladi.

  2. Har bir professor-o‘qituvchi yoki ishchi-xodim kelishmovchilikni mustaqil ravishda yoki kasaba uyushma qo‘mitasi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borilgan muzokaralarda hal eta olmagan bo‘lsa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Yakka tartibdagi mehnat nizolari va ziddiyatlar ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tenglik asosida tuziladigan mehnat nizolari komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

  3. Mehnat nizolari komissiyasi o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlangan (12.01.2015 y., 20-66 s, 15.01.2015 y., 01-SP), Bandlik va mehnat munsosabatlari bilan kelishilgan tavsiyalarga asosan ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq olib boradi.


Download 499.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling