XV. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISh
15.1. Kelishuvchi tomonlar, ijtimoiy sheriklik prinsiplarini tan olgan holda, mazkur Shartnomaning bajarilishida yuzaga kelgan har qanday nizolarning oldini olish choralarini ko‘rishni o‘z zimmasiga oladilar. Bahslashuvlar o‘zaro ishonch va xurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal etiladi.
15.2. Maktab-internati va uning tarkibiy bo‘linmalarida yakka tartibdagi mehnat nizolari Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayinlangan _____ nafar a’zodan tenglik asosida tashkil topgan (har tarafdan _____ nafardan) va mazkur Shartnomaning amal qilish muddatiga tuziladigan Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
15.3. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning faoliyati va ish yuritish tartibi qonun hujjatlari va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlangan (12.01.2015 y., 20-66 s, 15.01.2015 y., 01-SP), Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan tavsiyalarga asosan ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq olib boriladi (34-ilova).
15.4. Jamoaviy mehnat nizolari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi.
XVI. IJTIMOIY ShERIKLIK. KASABA UYuShMASI FAOLIYaTINING KAFOLATLARIGA RIOYa ETILIShI
16.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘zaro munosabatlarida ijtimoiy sheriklik, hamkorlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar.
16.2. Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar hamda Xalqaro mehnat maktab-internatiining konvensiyalariga binoan kasaba uyushmasining huquqlariga rioya qiladi, uning faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |