Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan
Download 0.57 Mb.
|
JSH-maketi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish beruvchi
- Maktab-internatidagi
- 16.9. Ish beruvchi
16.8. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
a) Maktab-internati ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarining bajarilishiga ko‘maklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; b) qo‘llanilayotgan mehnatga haq to‘lash tizimlari, ish haqi to‘lanishi, jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar berilishi to‘g‘riligini, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish; v) mehnat to‘g‘risidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, xodimlar huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish; g) kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish; d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishish hamda ish joylarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq holatga keltirish borasida Ish beruvchi tomonidan tegishli choralar ko‘rilishini talab qilish; ye) xodimlar va ularning oila a’zolarini dam oldirish va sog‘lomlashtirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan me’yorlar doirasida xodimlarni arizalariga ko‘ra tegishli sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar bilan ta’minlash; j) Maktab-internatidagi mehnat va maishiy sharoitlar ahvoli bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish; z) kasaba uyushmasi a’zolari o‘rtasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga, mehnat jamoasida mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarning oldini olish hamda barqaror ma’naviy muhitni ta’minlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish; i) turli tanlovlar, sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va mukofotlar ta’sis etish; k) kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Ishonch», «Ishonch-Doverie» gazetalariga obunani ta’minlash majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. 16.9. Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan kasaba uyushmalari organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan xodimlarga ularning saylov vakolatlari tugaganidan so‘ng avvalgi ishi (lavozimi)ni berish, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmagan taqdirda esa shu maktab-internatida yoki xodimning roziligi bilan boshqa maktab-internatida avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berish majburiyatini oladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling