Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet51/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
JSH-maketi

16.15. Maktab-internatida Xalqaro Mehnat Maktab-internatiining “Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish xuquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 87-sonli Konvensiyasi talablariga og‘ishmay rioya etiladi.
16.16. Maktab-internati xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmunini yoritish bo‘yicha o‘quv tadbirlari o‘tkazib boriladi.

XVII. JAMOA ShARTNOMASI BAJARILIShINI NAZORAT QILISh


17.1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi manfaatlari u tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan Ish beruvchi bilan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomasini tuzishga bo‘lgan ustuvor huquqqa ega, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 29- va 34-moddalari).
17.2. Taraflar mazkur Shartnoma bajarilishini tekshirib borishda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaga ko‘maklashib borishni o‘z zimmalariga oladilar.
17.3. Taraflar yilda ______ marotaba mazkur Shartnoma bajarilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazish va tekshiruv natijalarini mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da muhokama qilishni o‘z zimmalariga oladilar. Bunda, jamoa shartnomasi bajarilishining yil yakunlari hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
17.4. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da Ish beruvchining Maktab-internati xodimlarining majburiy mehnatga jalb kilinmasligiga oid majburiyatlari to‘liq bajarilishi yuzasidan hisoboti eshitiladi.
17.5. Taraflar Bosh, tarmoq, hududiy jamoa kelishuvlarni tan olib, ularni bajarish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Basharti yuqorida nomlari keltirilgan kelishuvlarga o‘zgartishlar kiritilsa, Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi _______ muddat ichida mazkur Shartnomaga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha muzokaralar olib boradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling