17.6. Taraflar shuni e’tirof etadilarki, ularning mazkur Shartnomada aks ettirilgan manfaatlari ular tomonidan Shartnomaning barcha shartlari va majburiyatlari so‘zsiz bajarilgan taqdirdagina ro‘yyobga chiqishi mumkin.
17.7. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi jamoa shartnomasi loyihasini ma’qullash yuzasidan chaqiriladigan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)dan oldin uning loyihasini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etadi.
17.8. Mazkur Shartnoma imzolangandan so‘ng, taraflar uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etadilar.
17.9. Mazkur Shartnoma imzolangandan so‘ng, tomonlar uning bajarilishi bo‘yicha tadbirlar rejasi, mas’ullar va muddatlarni belgilab oladilar.
17.10. Maktab-internatida ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish, jamoa muzokaralari o‘tkazish, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash, uning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, shuningdek, Ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa lokal normativ hujjatlarning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida teng huquqlilik asosida ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shartnomani'>Shartnomani imzolagan taraflar komissiya yig‘ilishida uning bajarilishini ta’minlamayotgan mas’ullar hisobotini eshitish masalasini qo‘yish huquqiga ega.
17.11. Shartnoma imzolangan kunidan bir oydan kechiktirilmagan muddatda Maktab-internatining ko‘p tirajli gazetasida chop etiladi, broshyura ko‘rinishida ______ nusxada chiqariladi. Shartnomaning bir nusxasi xodimlar uchun ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi, shuningdek xodimlar Shartnoma matni va ilovalari bilan Maktab-internatining xodimlar bo‘limida, mehnat muhofazasi, ish haqi va yuridik bo‘limlarida hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasida tanishishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |