Mehnat nizolari. Haydarqulova maftuna


to‘sqinlik qilsagina, bunday asoslarda mehnat shartnomasining bekor qilinishi asosli deb topilishi mumkin


Download 34.56 Kb.
bet6/7
Sana22.01.2023
Hajmi34.56 Kb.
#1108613
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HaydarqulovaM Mehnat huquqi

to‘sqinlik qilsagina, bunday asoslarda mehnat shartnomasining bekor qilinishi asosli deb topilishi mumkin. Agar ushbu o‘zgarishlar xodimlar soni (shtati) yoki bajariladigan ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelmasada, mehnat shartlarining (ish tartibi, mehnatga haq to‘lash sistemasi, mehnat ta’tilining muddati, lavozimning nomlanishi va b.) o‘zgarishiga olib kelsa, ish beruvchi MKning 89-moddasiga binoan tegishli tartibda xodimning roziligisiz qonunlarda belgilangan barcha kafolatlarni bergan holda mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli. Xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishdan bosh tortgan hollarda u bilan mehnat shartnomasi MKning 89-moddasining 4-qismi bo‘yicha bekor qilinishi mumkin. Agarda mehnat shartnomasi 100-2-1-qismi bilan bekor qilinganda Hamish beruvchi hodimni shu korxonaning o’zida ishga joylashtirish choralarini ko’rishga majbur. Hodim ogohlantirilmaganligini ham takidlab o’tgan. Bunday vaziyatda ish beruvchi hodimni kamida ikki oy oldin ogohlantirish kerak(MK 102). Bu 12-son Oliy Sud Plenum qarorining 42-bandida belgilangan. Va yana shuni inobatga olish kerakki yuqoridagi Plenum qarorining 23-bandida Sudlarning:
haqiqatda xodimlar soni (shtati), ishning xususiyati o‘zgargan-o‘zgarmaganligini, korxonaning faoliyati tugatilgan-tugatilmaganligini;
ish beruvchi tomonidan xodimlarni ishdan bo‘shatish tartibini tartibga soluvchi mehnat qonunlari normalariga rioya etilgan-etilmaganligini aniqlashlari lozim.
Va yana shu bandda agar jamoa shartnomasi va kelishuvlarida kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi roziligini olishning zarurligi keltirib o’tilgan bo’lsa rozilik olinishi shart.
Hodimni ishdan bo’shatishda o’rtacha oylik ish haqidan kam bo’lmagan ishdan bo’shatish nafaqasi berishi kerak(MK 109).
Sud davlat boji va pochta harajatlarni hodim to’lamaganligini aytishini tahlil qiladigan bo’lsak, MK 277-moddasida hodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo’yicha sudga murojaat qilganlarida sud harajatlarini to’lashdan ozod etiladilar deyilgan. Demak sudning ham e’tirozi noo’rin ekan. Bunday vaziyatda nima qilish kerak deyilsa, hodim murojaat qilgan suddan yuqori turuvchi sud organiga murojaat qilishi kerak. Da’vo muddatiga to’xtaladigan bo’lsak,
Download 34.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling