Mehnat sharoitlari va ularni baholash


Kasalliklar miqdorining hisobot va o’tgan yil ko’rsatkichlariga nisbatan solishtirish kasallanishlarning ko’payganlik yoki kamayganliklarini aniqlash imkonini beradi va bu ko’rsatkich qo’yidagi formul


Download 124.42 Kb.
bet2/7
Sana25.03.2023
Hajmi124.42 Kb.
#1294517
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-Mavzu MEHNAT SHAROITLARI VA ULARNI BAHOLASH

Kasalliklar miqdorining hisobot va o’tgan yil ko’rsatkichlariga nisbatan solishtirish kasallanishlarning ko’payganlik yoki kamayganliklarini aniqlash imkonini beradi va bu ko’rsatkich qo’yidagi formula asosida aniqlanadi:

Bu yerda:

  • Pn –hisobot yilida o’tgan yilga nisbatan kasallanishlarning o’zgarishi;
  • Kx va Ko’ –hisobot va o’tgan yildagi 100ta ishchiga to’g’ri keladigan kasallanishlarning kalendar kunlari soni.
  • Agar olingan o’lchov 100dan oshsa (masalan, 126%) kasallanish 26% oshganligini, va aksincha, 100% dan kam bo’lsa (masalan 96%), kasallanish 4% kamayganligini bildiradi. Bunday tahlil ish vaqti zahiraini aniqlash imkonini beradi, lekin mehnat sharoitlari bilan bog’liqligini aniqlamaydi.

Korxona yoki sexlar bo’yicha travmatizm tufayli ish vaqti yo’qotishlarini aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi:


travmatizm tufayli mehnatga layoqatsizlik kunlari (№7-t shakldagi statistik hisobot va korxonaning №N-1 dalolatnomasi);
shikastlangan shaxsni qutqarish va unga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va transportirovka uchun ketadigan vaqt (masterning xizmat yozuvlari);
ishlab chiqarishda baxtsizlik sodir bo’lgan kunda, smenada shikastlangan ishchining ishlamagan ish vaqti (tsex tabeli);
shikastlangan shaxsni kasalxona yoki uyiga borib ko’rish uchun ketgan vaqt (masterning xizmat yozuvi);
sanator-kurort davolanish uchun ketgan vaqt (tibbiyot punktidagi mehnatga layoqatsizlikni hisobga olish shaxsiy kartasi yoki buxgalteriyaga topshirilgan kasallik varaqasi)

Mikrotravmatizmni tahlil qilish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi:


zararli va og’ir mehnat sharoitli uchastkalarda bajariladigan ishlar bo’yicha, yetakchi kasblar bo’yicha yoki umuman korxona bo’yicha mikrotravmatizmlar soni (tibbiyot punktidagi kasallik va ishlab chiqarish jarohatlarini ro’yxatga olish jurnali)
shikastlangan ishchining tibbiyot punktiga kelib-ketishiga ketgan vaqt (agar kuzatuvchisi bo’lsa, bu vaqt ikkiga ko’paytiriladi) yoki tibbiy yordam ko’rsatishga ketgan vaqt (masterning xizmat yozuvi).

Download 124.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling