4. Korxonada ish vaqti, ish kuni qisqartirilishi va noqulay sanitar-gigienik sharoitdagi mehnat bilan band ishchilarga qo’shimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda ishlatilish koeffitsienti (Kp). Kp=T : (T+P) Bu yerda: - T - umumiy ishlagan vaqt,
- P - ish kunining qisqartirilishi va qo’shimcha dam olish kunlari berilishi sababli ishlatiladigan vaqt.
Korxonada mehnat sharoitlarini umumiy holda baholash juda mushkul. Lekin baribir mehnat sharoitlarini baholashda asosiy ko’rsatkich bo’lib yalpi ish vaqti jamg’armasi hisoblanadi, chunki bu yerda nafaqat sanitar-gigienik elementlar hisobga olinadi. Korxonada mehnat sharoitlarini umumiy holda baholash juda mushkul. Lekin baribir mehnat sharoitlarini baholashda asosiy ko’rsatkich bo’lib yalpi ish vaqti jamg’armasi hisoblanadi, chunki bu yerda nafaqat sanitar-gigienik elementlar hisobga olinadi. Sanitar-gigienik holat va uni yaxshilash choralari samaradorligini baholash jarayonida mehnat sharoiti holatining o’zgarishi va shuningdek, o’tkazilgan tadbirlarning iqtisodiy-ijtimoiy natijalari tahlil qilinadi. Ish joylarida mehnat sharoiti holatining o’zgarishi to’g’risida quyidagi asosiy ko’rsatkichlarni kuzatish mumkin: havo tarkibidagi zaharli moddalarning kamayishi, yorug’lik va mikroiqlimning yaxshilanishi, nurlanishning pasayishi va boshqalar.
Korxonalarda sanitar-gigienik holatni yaxshilash borasidagi ishlarning ijtimoiy natijalari quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi:
normal mehnat sharoitlarida ishlovchi ishchilar sonining oshishi
kasbiy nosozliklar va noqulayliklarning pasayishi
kasbiy nosozliklar va noqulayliklarning pasayishi
Jamoa psixologik muhiti va uning kadrlar turg’unligiga ta’siri Korxonada ishchilar salomatiga, mehnat samarasiga, ishlab chiqarish madaniyati va kadrlar samarasiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri mehnat jamoasida mavjud ruhiy muhitdir. Sanoatning bir qancha tarmoqlaridagi amaliy izlanishlarning ko’rsatishicha, diqqatli bo’lgan holda bir-biri bilan aloqada bo’luvchi ishlab chiqarish jamoalarida do’stona yordam va qo’llab-quvvatlash, o’z-o’zini tutish, jamoa jisplashuvi me’yor bo’lib qolganligi holda bunday jamoa natijalarining doimo ijobiyligi, braklarning yo’qligi va kadrlar turg’unligi yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |