Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


-Mavzu: Multimediya darslarini tashkil etish


Download 1.04 Mb.
bet34/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

11-Mavzu: Multimediya darslarini tashkil etish


Reja:
1.Axborot texnologiyalarini tatbiq etish.
2.Mediata’limning bosh maqsadi.
3.Zamonaviy ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash.

Axborot – barcha organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanish darajasi.


Kommunikatsiya – muloqot.
Texnologiya so’zi (yunoncha techne) “san’at, mahorat, o’quv” mahnolarini anglatadi, bu esa jarayon demakdir. Jarayon deganda oldinga qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan harakatlarning muayyan yig’indisi tushuniladi. Axborot texnologiyalarining maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror xatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdan iboratdir.
Axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror xatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdan iboratdir.
Axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining fan va ta’lim sohasidagi ko’plab zamonaviy texnika vositalari: kodoskop, audio va videomagnitofonlar, televizor, kompg’yuter, skaner, mikrofon, kolonka, mulg’timedia proektor va nusxa olish apparatlaridan dars jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Axborot texnologiyasi bu – obhekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutlaq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, uzatishning vosita va usullaridan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
ichki omillar – axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborot bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash, uzatish, saqlash va hokazo;
tashqi omillar – axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qitha)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz deylik. Buni turli yo’llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o’rtog’ingizga o’z fikringizni (o’z navbatida, o’rtog’ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:

  1. aloqa bo’limi orqali (yozma ravishda);

  2. telefon tarmoqlari orqali (og’zaki, yozma (SMS, faks);

  3. zamonaviy elektron vositalar (Internet) orqali.

Hayotiy tajriba shuni ko’rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo’ladi va natijalarga qarab qaysi usuldan foydalanishni o’zingiz belgilab olasiz. Albatta, yuqorida ko’rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog’liq. Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko’rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy elektron vositalaridan foydalanish samarasi esa ko’nikma va malakalarning shakllanganligiga bog’liq.
Axborot madaniyati – o’quvchining kundalik hayoti va faoliyatida axborot texnologiyalarining barcha turlaridan o’quv-biluv jarayonida maqsadli foydalana olish ko’nikma va malakasidir.
Ta’lim tizimi oldida o’quvchilarning axborot olish va qayta ishlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish vazifalari turibdi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli kechishida o’qituvchining o’zi maslahatchi, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi, o’quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi. O’qituvchi axborot manbai, tarqatuvchi funktsiyalarini axborot texnologiyalari zimmasiga yuklaydi.
Bunda bosh masala bilimlar olamiga kirish, bu olamning resurslaridan foydalanish va o’zlashtirishga bog’lanib qoladi. O’quvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni o’rganishi, barcha o’quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo’ladi.
Ta’limda o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning nutq, so’z, tovush bilan bog’langan usullari ikkinchi darajaga tushib, o’qitishning tasavvur shakl, rang, tasvir bilan bog’liq usullari birinchi o’ringa o’ta boshlaydi.
Global kompg’yuter tarmoqlarining paydo bo’lishi kishilar muloqotining kitob, gazeta va televideniyadan farq qiluvchi yangi o’zbek xos usul va shakllarini vujudga keltirmoqda. Bu usullar endi kishilik munosabatlarining yangi shakllari, faoliyatlarining yangicha turlari, tafakkur qilish va o’zini-o’zi anglashning o’zgacha tarzi bilan ajralib turadi.
Ta’limda yangi axborot texnologiyalarini qo’llash – o’qituvchi va o’quvchi shaxsini rivojlantiruvchi omil
Hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bosqichining xarakterli xususiyatlaridan biri – jamiyat hayotining barcha jabhalari kompyuterlashtirilishidir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010 yillarda kompg’yuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”da davlatning bu sohadagi siyosati milliy axborot tizimini shakllantirish deb ifodalangan bo’lsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 4.10-bandida ta’lim tizimining yaxlit elektron axborot-makonini vujudga keltirish vazifasi belgilangan.
Mazkur jarayon boshqa sohalar qatorida pedagogik faoliyatning tuzilishini keskin o’zgartirishni taqozo etmoqda. 2002-2010 yillarga mo’ljallangan kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturida bu yo’nalish bo’yicha pedagog kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish vazifasi qo’yilgan. xususan, ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchilardan yangi axborot muhitida bemalol ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirishni talab etadi.
Bunday hollarda o’qitishning maqsadi bilim berish va o’zlashtirish bilan birga axborotni tahlil qilish, axborot almashish va ulardan yangi bilim olishda foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat bo’ladi. Shuning uchun axborot bilan ishlashning kompg’yuter metodlarini to’liq biluvchi malakali mutaxassislarga talab ortadi.
Zamonaviy ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash ularning imkoniyatlarini to’la tadbiq qilish, axborot almashish va ulardan yangi bilim olishda foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat bo’ladi. Shuning uchun axborot bilan ishlashning kompg’yuter metodlarini to’liq biluvchi malakali mutaxassislarga talab ortadi.
Zamonaviy ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash ularning imkoniyatlarini to’liq tadbiq etishga asoslanadi. Hozirda ma’lum pedagogik maqsadlarga erishish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samara beradi:
1. Jamiyatning ommaviy axborotlashuvi va globallashuvi sharoitida o’quvchi shaxsini rivojlantirish va hayotiy faoliyatida qulayliklardan foydalanishga tayyorlash;

  • fikrlashni rivojlantirish maqsadida o’z aqliy faoliyati strukturasini qurish imkoniyatini beruvchi psixologik-pedagogik ta’sirni kuchaytirish;

  • bir vaqtning o’zida axborot turli manbalardan olinganda fikrlash va optimal qarorlar qabul qilish yoki og’ir holatlarda o’z variantini taklif qila bilish qobiliyatini rivojlantirish;

  • axborotni yig’ish, qayta ishlash, uzatish, arxivlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • axborotni yig’ish, qayta ishlash, uzatish, arxivlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • integratsiyalashgan axborotni tushunish qobiliyatini rivojlantirish;

  • katta hajmli axborotni tushunish qobiliyatini rivojlantirish;

  • modellashtirish jarayonini tashkillashtirish asosida axborotni qidiruv, eksperimental-tadqiqiy faoliyat olib borish qobiliyatini rivojlantirish.

2. Jamiyatning axborotlashuv, globallashuv sharoitida ijtimoiy buyurtmani bajarish:
- inson faoliyatining kerakli sohalarida informatika vositalari va metodlari imkoniyatlaridan foydalana oluvchi malakali kadrlar va mutaxassislar tayyorlash;
- foydalanuvchini turli darajadagi axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga tayyorlash;
3. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonini jadallashtirish:
- pedagogik tatbiq jihatidan noyob bo’lgan AKT imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga ta’lim jarayonining sifat samaradorligini oshirish;
- AKT vositalaridan foydalanib bilim olishga intilishni oshirish;
- turli predmetlar bo’yicha masalalar yechishda axborotni qayta ishlashning zamonaviy vositalaridan foydalanish hisobiga predmetlararo bog’liqlikni chuqurlashtirish;
- taqsimlangan axborot resurslaridan foydalanish asosida ommaviy ta’lim g’oyalarini tatbiq etish.
Ta’lim jarayonida o’quvchi/talabalarning bilimini har tomonlama mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko’z oldilariga keltirishlari va vizual qabul qilishlarida kompg’yuter va axborot texnologiyalarining hissasi katta. Axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llash o’quvchi/talabalar o’zlashtirish ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
Mediata’lim interfaol, o’quvchiga individual ta’sir etadigan usul sifatida ta’lim jarayoniga jadal surhatlar bilan kirib kelmoqda. Mediata’lim o’quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o’rgatadi.
Sinf xonalariga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internet olib kirilmoqda. Bularning barchasi mediadarslar nomi bilar ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.
Mediadarslarning qanday metodik imkoniyatlari mavjud va ular qanday afzalliklarga ega:

  • O’quv jarayonida dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bunday jarayonda bir vaqtning o’zida o’qituvchi nazariy axborotni berish bilan materiallarni yuqori darajadagi zamonaviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’quv obhektlari va voqealarni modellashtiradi, ularni avtomatik ravishda ketma-ketlikda namoyish etadi, tasvirini tushiradi.

  • O’quv faoliyatida kompg’yuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini tug’diradi. O’quvchilar o’quv materialini amaliyotda sinab borish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

  • O’quvchining yakka tartibda ishlagan holda qiziqish va ijodiy ishlarini takomillashtirish imkoniyati yaratiladi.

  • Multimedia texnikasi o’quvchilarning o’quv mazmunini o’zlashtirishga qiziqishini yanada oshiradi.

  • O’quvchining ko’rgazma-obrazli ta’sirda fikr yuritishi, motorik va verbal kommunikativ ko’nikmalarining shakllanishiga olib keladi.

  • Axborot bilan ishlash (axborot qidirish, zarurlarini ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish, mantiqiy yaqinlarini ajratish)ni o’rganadi. Shular asosida axborot madaniyati shakllanadi.

Mediata’limning bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam berish, oddiy yo’nalishlaridagi mediaaxborot tilini o’rganish; o’quvchining badiiy o’sishi, rivojlanishiga hissa qo’shish, mediamatnlarni qabul qilish, o’rganish va malakali tahlil etish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.
Mediata’limning asosiy mazmuni mediamadaniyat (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) tilini, uning tarixini bilish, tushunishdir.
Uning pedagogik strategiyasi mediamatnlarni badiiy tahlil qila olish, uni talqin qilish asosida baho berishdan iboratdir. Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, media qanday shakllanadi, u haqiqatni ifodalaydimi, kimning manfaatini ko’zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va o’quvchilar uni qanday qabul qiladilar – bu savollar hozirgacha turli munozaralarni tug’dirmoqda.
Lekin shuni yodda tutish kerakki, mediata’limning markazida o’quvchi shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklarini hisobga olish, olingan axborot asosida tanqidiy fikrlashga o’rgatish kerak.
Turli davlatlar olimlarining fikrlariga ko’ra, mediata’lim tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarni o’quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o’rgatadi.
Mediata’limning o’quv-bilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Mediata’lim tarixi, uning tuzilishi nazariyasini o’rganish;

  • Mediamatnlarni ongli qabul qila olish, uning tilini bilish va “o’qita olish”, shu haqida tasavvurlarini kengaytirish, ko’rish orqali xotirasini mustahkamlash, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy, obrazli, muammoli fikr yuritishni o’rganish;

  • Mediamateriallardan kreativ fikrlash orqali amaliyotda foydalanish.

Mediata’limning eng muhim vazifalaridan biri yosh avlodni tobora jadallashib borayotgan axborot oqimida har xil axborotni olish, tushunib yetish, uning inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to’g’ri, maqsadli foydalanishga o’rgatishdan iborat.
Mediata’lim olingan axborotni integratsiya qilish, shu asosida shaxsiy fikrni bildirish va qayta olishga chorlaydi. O’z fikrini erkin bildirish, shaxsiy rivojlanish, turli axborot xurujlariga qarshi fikr bildirish orqali o’quvchining ijtimoiy faolligi oshadi, mediaaxborotdan faol va to’g’ri foydalanish madaniyati shakllanadi. Shu orqali berilayotgan axborot haqida fikr yurita boshlaydi.
Mediata’limda o’quvchi kreativ fikr yuritadi, ya’ni yangi tushunchalarni o’zlashtira boshlaydi. Jumladan, “fabula”, “syujet”, “mavzu”, “konflikt”, “kompozitsiya”, “kadr”, “reja”, “montaj” kabi tushunchalarni o’quv jarayoniga aloqadorlikda tushunib, amalda qo’llay boshlaydi.
Shuning uchun ham mediadarslar:

  • “Badiiy-imitatsiyali” – kichik stsenariylar, mediamatnlar tuzish, uni interfaol usulda namoyish etish;

  • teatrlashgan vaziyat hosil qilish (mediamatn asosida ayrim epizodlarni sahnalashtirish, mediamatn jarayonini namoyish etish);

  • tasviriy-imitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko’rgazma, ma’lum mavzudagi asarlar rasmlarini namoyish etish) kabilarni tushunish, qo’llay olish ko’nikmasini hosil qiladi.

Yuqoridagi didaktik materiallarni tayyorlash, namoyish etish, tahlil asosida xulosa qilish, emotsional qabul qilish orqali nafis san’atni tushunishga olib keladi. Bu holat o’quvchini umumintellektual rivojlanishida, bilim olishi, tarbiya topishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Mediadarslar berilayotgan axborotni qabul qilish, o’zlashtirish jarayonida ikkita yangi komponent ishtirokini ta’minlaydi.

  1. Mediadarslarda kompg’yuterlar universal holda qo’llanishi bilan xarakterlanadi.

  2. An’anaviy texnologiyalar vositalari yoniga dasturli vositalar to’ldiruvchi bo’lib kiradi. Dasturiy ta’minot ayrim fanlar va mavzularni o’qitish va o’zlashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Unda ta’lim mazmuni aniq, ravon shakllantirilgan bo’ladi, chizmalar, rasmlar, jadvallar, videofragmentlar, ovozli, animatsion ta’minot bilan namoyish etiladi.

Yuqoridagi faoliyatni amalga oshirishda kompg’yuter va dasturlar bir-biri bilan uyg’unlashgan, moslashgan holda bir-birini to’ldirishi kerak; ta’lim maqsadi, mazmuni, shakli, o’qitish metodlari, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bunday holda tashkil etilgan mediata’limning imkoniyatlari kengayadi, boyib boradi. Bu esa ta’limni yangi tamoyil – individuallashtirilgan, faollashtirilgan holda tashkil etishni ta’minlaydi.
Mediadarslarning afzal jihati shundaki, ta’lim jarayonida o’quvchilarning mustaqil ijod qila olish qobiliyatlarini rviojlantiradi. Shu munosabat bilan mediadarslar mazmunini belgilash, tashkil etishda faqatgina o’quv fani mazmuni nutqai nazaridan yondashmasdan, balki uning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi tomonlarini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Mediadars axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, ya’ni kerakli axborotni olish, uni yangi texnik vositalar yordamida qayta ishlash, amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rviojlantirishga qaratilishi talab etiladi.
Mediadarslar kompg’yuterlashtirilgan sinflarda, mulg’timedia proektor yordamida o’tkaziladi. Bu darslarni tashkil etishning o’ziga yarasha sanitariya-gigiena mehyorlari, o’quvchilarning uzluksiz ishlashi mehyorlari mavjud:

  • 1-sinflarda – daqiqagacha

  • 2-5 sinflarda – 15 daqiqa

  • 6-7 sinflarda – 20 daqiqa

  • 8-9 sinflarda – 25 daqiqagacha ishlash mumkin.

Fikrimizcha, yuqorida qayd etilgan vazifalarni o’qituvchilar jamoasi maktab rahbariyati boshchiligida hal etishga qodir. Bu ishlarga maktab vasiylik kengashlarini, keng jamoatchilikni jalb etish maqsadga muvofiq bo’ladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling