Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


TESTLAR: 1. Muammoli o’qitishning “An’anaviy” o’qitishdan farqi nimada?


Download 1.04 Mb.
bet32/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

TESTLAR:
1. Muammoli o’qitishning “An’anaviy” o’qitishdan farqi nimada?
a)O’zlashtirilgan bilimlar asosida ongli tajribani tashkil etish
b) Tayyor holda BKMlarni o’zlashtirish
c) DTS talabi asosida bilimlarni o’zlashtirish
d) *O’quvchilarda aqliy qo’zg’alishlarni vujudga keltirish
2. Muammolita’lim texnologiyasining asosi nima?
a) Bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish.
b) Bir nechta fanlarga doir va integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan dars.
c) *Insonning fikrlashi, muammolarni aniqlash, tadqiq etish va echish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi.
d)O’quvchilar bilan o’tkaziladigan qiziqarli o’yin.
Adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi «Ta’limto’g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.


2. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.
3. I. A. Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O’zbekiston, 1993.
4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va texnika va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va Pedagogik mahorat va texnika. T. 2003.
6. Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996


10-mavzu:Rivojlantiruvchita’lim, tanqidiytafakkurnirivojlantirish.


REJA:

1.Ijodiy o’quv muhitini yaratish shartlari


2.Yaxshi tashkillashtirilgan o’quv muhiti:
3.O’quv muhitini yaratishda o’qituvchining roli

O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim modelining markazida o’quvchi (bola) turadi. Har bir qadam, har bir maqsad o’quvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu falsafani oddiy misol orqali tushuntirish mumkin. Aytaylik, o’qituvchi o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsad qildi. An’anaviy ta’lim modelida u bolalarga nimani o’rgatadi? Albatta, o’zi bilgan narsani. Masalan, rasm chizishni yoki applikatsiya qilishni.


O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim modelida pedagog o’quvchilarning ehtiyojlarini o’rganadi va ularning har biri o’zi istagan mashg’ulot bilan shug’ullanishi uchun sharoit yaratadi. Shu jarayonda o’rganishni ham tashkil qiladi.
Jadal rivojlanish yo’lidan borayotgan mustaqil davlatimizda yuksak ma’naviyatli, raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Mazkur yo’nalishdagi islohotlar Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”, “2008-2012 yillarda uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish dasturi” kabi strategik hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol metodlarni qo’llash ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Biroq kuzatishlarga qaraganda, buning o’zi yetarli emas. Ta’lim jarayoniga muvofiq o’quv muhitini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko’ra, o’quv muhiti (ta’lim muhit) bu – mahnaviy (singdirilayotgan qadriyatlar, psixologik muhit, an’analar) hamda o’quvchi (tarbiyalanuvchi)lar va o’qituvchining mavjud bo’lishi va faoliyatining moddiy shart-sharoitlari, subhektlar (o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar)ning jadal faoliyati, munosabatlar va tashqi aloqalar xarakteri yig’indisi. O’quv muhiti ko’p hollarda ta’lim va tarbiya natijalarini belgilaydi.
Ijodiy o’quv muhitini yaratish shartlari
O’quv muhiti:

  • o’quvchilarning ma’lum bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan maxsus tashkil etilgan muhit;

  • o’qitish shakllarini o’zgartirish uchun harakatlanish va moslashish xususiyatlariga ega;

  • o’qitish va rivojlanish jarayonini rag’batlantiradi.

O’quv muhiti deganda nafaqat o’quv va ko’rgazmali qurollar, darslik va o’quv-metodik qo’llanmalar kabi didaktik vositalar, mebelg’ jihozlari va kompg’yuter texnikasini, balki ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o’zaro hurmati va ishonchga asoslangan ijodiy muhitni tushunish lozim.
Ijodiy o’quv muhitida
O’qituvchi:

  • o’quvchi diqqat-ehtibor markazida ekanligini;

  • idrokning turli ko’rinishlari mavjudligini;

  • ta’lim jarayoni hamkorlik va o’zaro ta’sirga asoslanganligini;

  • bolada mavjud bo’lgan tajribaga asoslanish lozimligini;

  • o’quvchilarni muammoni izlash, tadqiq qilish, yechimni topishga jalb qilish va undash talab etilishini;

  • o’qitishning faol va interfaol shakllarini qo’llash zarurligini inobatga oladi.

O’quvchi:

  • o’z qiziqishlari, ehtiyojlari, kayfiyatlari va aqliy rivojlanish darajasiga to’la javob beradigan faoliyat turini mustaqil tanlaydilar va amalga oshiradilar;

  • ma’lum doirada o’zlarini erkin his qiladilar va bu holat ularning intizomli va tartibli bo’lishiga zamin yaratadi;

  • olamni o’ziga xos tarzda qabul qilishni o’rganadilar;

  • o’zligini namoyon etish va salohiyatini ro’yobga chiqarishni o’rganadilar.

O’quv (yoki o’qitish) muhiti o’quvchini o’rab turgan va uning rivojlanishiga ta’sir qilib turgan barcha narsalarni o’z ichiga oladi. O’quv muhiti – bu o’quvchining ma’lum bilim, ko’nikma va malaka olishiga yo’naltirilgan maxsus tashkillashtirilgan muhit. Unda o’qitish shakllarini o’zgartirish uchun harakatlanish va moslashish xususiyatlariga ega bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu – o’qitish va rivojlanish jarayonini rag’batlantiruvchi tashqi kuch.
Yaxshi tashkillashtirilgan o’quv muhiti:

  • o’qish va tadqiqotlarga ko’maklashadi;

  • turli tadqiqotlar olib borish uchun materiallarga ega;

  • ijodkorlik qobiliyatlariga rag’bat beradi;

  • ijtimoiy va kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantiradi;

  • fikrlar va axborot bilan almashishga ko’maklashadi;

  • o’qitish usullarini xilma-xil qilishga imkon beradi;

  • nutq rivojlanishini rag’batlantiriladi;

  • ma’lumotlarni mustaqil olish ko’nikmalarini rivojlantiradi;

  • uzluksiz ta’lim olish ko’nikmalarini rivojlantiradi;

  • turli usullar bilan ma’lumot olish uchun resurslarni o’z ichiga oladi: ma’lumotnomalar, lug’atlar, entsiklopediyalar, geografik xaritalar, kompg’yuter, tajriba o’tkazish uchun turli asbob va materiallar.

O’quv muhitini yaratishda o’qituvchining roli nimadan iborat?
O’qituvchi bolalarning aqliy rivojlanishini rag’batlantiruvchi va ularni emotsional qo’llab-quvvatlovchi ijodiy muhitni yaratib beradi.
Ushbu vazifadan kelib chiqib o’qituvchi:

  • qaror qabul qiladi;

  • bolalarga o’qishga yordam beradi;

  • o’quvchilar qanday o’qishayotganini kuzatadi va ularning yutuqlarini baholaydi;

  • namuna bo’ladi.

O’qituvchi qaror qabul qiladi:

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling