Moddiy muhitga oid:
Moddiy muhit: bolalar o’qiydigan sinf, laboratoriya, mebellarning joylashganligi, devordagi narsalar – bularning barchasi o’quvchining o’qishiga qulay sharoitni ta’minlashga qaratilgan.
Materiallarga oid
Materiallar bu – o’quv jarayonining muhim instrumentlari. O’qituvchi bolalar darslikning qaysi bo’limini o’qishi, qaysi qo’shimcha ma’lumotlarni tanlab olishi zarurligi (tarixiy ma’lumotlar, olimlar tarjimai holi), qaysi jihozlar bo’lishini, qaysi ko’rgazmalarni tayyorlash va boshqalar bo’yicha qaror qabul qiladi.
Darsni rejalashtirishga oid
Turli mashqlarga qancha vaqt ajratishni, mashg’ulotni qanchalik moslashuvchan va xilma-xil qilishni, qanday qilib har bir dars kichik kashfiyotdek bo’lishini o’qituvchi rejalashtiradi.
Hamkorlikda o’qishga oid
Bolalarga yakka holda ishlashlari o’rniga birgalikda o’qishga yordam beradi, hamkorlik nimaligini va turli muammolarni qanday qilib birgalikda yechishni o’rganishga imkon beradi.
O’qituvchi o’quvchilarga:
motivatsion muhit;
ishning yangiligi;
murakkabligi turli darajadagi topshiriqlar;
o’quvchilarning qobiliyatlariga mosligi;
barcha resurslardan foydalanishga imkon berish;
refleksiya (taassurotlar, muvaffaqiyatlar, yutuqlar va dars mobaynida yengib chiqilgan qiyinchiliklar haqida fikrlash) orqali o’qishga yordam beradi.
Bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv muhiti ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini to’liq hisobga olgan holda eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
TESTLAR:
1. Har qanday pedagogik texnologiyaning asosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) pedagog –jarayon-dars-natija
B) texnologiya
С) bolaning olgan ta’lim
D) dars
2. Ta’lim jarayonini “texnologiyalashtirish” nimani bildiradi?
A) ta’lim maqsadlariga erishishda ta’lim jarayonining o’qituvchi shaxsiy mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda universal loyihalanganini
B) ta’limni o’qitishning texnik vositalari yordamida tashkil etishi
С) ta’lim yuksak jarajada texnologiyalashgan ishlab chiqarish korxonasida amalga oshirishni
D) o’quv ishlab chiqarish ta’lim
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Ta’limto’g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.
3. I. A. Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O’zbekiston, 1993.
4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va texnika va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va Pedagogik mahorat va texnika. T. 2003.
6. Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996
Do'stlaringiz bilan baham: |