Dars jarayonining 6 bosqichi
1-bosqich. Tayyorgarlik. Tashkiliy qism bo’lib, sinfni darsga tayyorlash, o’quvchilar davomatini tekshirish, zarur ko’rgazmali qurollar va jihozlarni darsga hozirlashni o’z ichiga oladi.
2-bosqich. Taqdimot. Yangi mavzuni boshlashga hozirlik bo’lib,yangi mavzu bilan bog’liq, o’tgan dars mavzularini takrorlash, yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilarning bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash va ehtiyojlarini o’rganish hamda baholash, yangi dars maqsadini va kutilayotgan natijalarni tushuntirish (dars maqsadi, kutilayotgan natija va yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar va atamalarni e’lon qilish)
3-bosqich. Ishtirok. Yangi mavzuni yoritish. Dars materiallarini kichik kichik bo’laklarga bo’lib, ketma-ket mahlum uzviylikda va mantiqiy bog’liklikda, ko’rgazmali tarzda, turli xil o’qitish metodlaridan foydalangan holda yoritib berish bosqichidir.
4-bosqich. Amaliyot. Yangi mavzuni mustahkamlash. Olingan nazariy bilimlarni yorqin misollarda qo’llash va turli xil topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilarda yangi mavzuga oid amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va bu ko’nikmalarni baholash uchun topshiriqlarni bajarish davri. Baholash uchun beriladigan savol va topshiriqlarni dars maqsadidan kelib chiqqan bo’lishi, maqsadga erishilgan yoki yo’qligini o’lchash imkonini berishi kerak.
5-bosqich. Mashg’ulot natijasining tahlili. Darsga yakun yasash va baholash. Darsning maqsadini va kutilayotgan natijalarga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash, o’quvchilarning savollariga javob berish, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish, o’quvchilarning o’zlashtirganlik darajasini aniqlash, dars jarayonida o’quvchilarning ishtirokini va olingan natijalarni baholash. Buni turli xil usullar yordamida bajarish mumkin. baholashdan maqsad o’quvchilarga qandaydir ballarni qo’yib borishdan iborat emas, balki o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini o’z vaqtida nazorat qilib borish va kerak bo’lganda darsning borishiga o’zgartirishlar kiritish, tushunish qiyin bo’lgan materialga qayta to’xtalish uchun amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |