Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


-ta’lim maqsadlari va natijalarini belgilash


Download 1.04 Mb.
bet55/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

-ta’lim maqsadlari va natijalarini belgilash;
-natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
-o’quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish.
O’quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish–dars ishlanmasi o’qituvchi uchun tuzish majburiy bo’lgan hujjatdir. uni tuzishdan ko’zlangan asosiy maqsad o’qituvchining dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmuni boyitish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.
Dars ishlanmasi yildan-yilga takomillashtirilishi va mukammallashib borishi, yangi metodlarni qo’llash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilanib turilishi lozim.
Yangi davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarining joriy etilishi va ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni, kompg’yuter, yangi axborot texnologiyalari va texnik vositalarining qo’llanishi bilan dars ishlanmalariga qo’yilgan talablar ham o’zgarib bormoqda. dars ishlanmalari uchun tayyor qolip yo’q, chunki jonli dars jarayonini hech qanday qolipga solib bo’lmaydi. U turli xil sharoitlarda turli tuzilishi mumkin.
Har bir darsning o’quv maqsadlari oldindan aniqlanishi lozim. Aniqlangan o’quv maqsadlari, dars mazmuni bo’yicha qaysi materiallarni tanlash, uni o’tkazish bo’yicha qanday metodik va didaktik materiallardan foydalanish lozimligini belgilab beradi. Shunday qilib, har qanday ta’lim jarayonida o’quv maqsadlari ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini belgilar ekan.
Kutilayotgan natijalar -biror bir mavzuga yoki biror bir bo’limga oid dars bo’yicha o’lchanishi mumkin bo’lgan aniq yakuniy bilim, ko’nikma va malakalarni ifodalaydi.
Shuning uchun ularni ifodalashda, maqsadlar bilan birga ularga erishish ko’rsatkichlarini, baholash mezonlarini va bu natijalarga erishish uchun lozim bo’lgan shart-sharoitlar tavsifini berish ham lozim b’ladi. Kutilayotgan natijalarni belgilashda quyidagi talablarni ehtiborga olish zarur: real bo’lishi kerak; aniq bo’lishi kerak; vaqt jihatdan belgilangan; o’lchamli bo’lishi kerak.
Pedagogik texnologiya asosidagi darsni loyihalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1-ish. O’qitishning kutilayotgan natijalarini loyihalash jarayoni.
2- ish. Nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish. Nazorat topshiriqlar mazmuni kutilayotgan natijalarga mos kelishi va o’qituvchi maqsadlarini, darsning tuzilmasi va mazmunini, darsni o’tkazish usul va vositalarini, qayta aloqa shakli va joyini belgilab berishi lozim.
3-ish. O’qituvchining maqsadlarini ishlab chiqish.
4-ish. Dars mazmunini tanlab olish va tuzilmasini ishlab chiqish.
5-ish. Darsni o’tish uchun usul va vositalarni tanlash.
6-ish. O’quvchilar bilan qayta aloqa shakli va joyini loyihalash.
O’quv maqsadlari taksonomiyasini belgilashda pedagogik texnologiyaning quyidagi qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi:
1) o’qitish sharoitlari va o’qitish jarayonida o’quvchilarning o’quv amallari yakuniy nazorat vaqtidagi kutilayotgan harakatlarga aynan mos kelishi.
2) o’quvchilarga yakuniy harakatga o’xshash, ammo teng bo’lmagan amallarni bajarishda mashq qilishiga imkoniyat berish.
3) o’quvchilarga har bir harakat natijasini darhol ehlon qilish.
4) o’quvchidan kutilayotgan harakatlarni ijobiy mustahkamlash va noto’g’ri harakatlarga tanbeh bermaslik.
Pedagogik texnologiya asosida o’quv jarayonini amalga oshirishda B.Skinner tomonidan taklif etilgan qator tamoyillarniqo’llash mumkin. Jumladan: kichik qadamlar tamoyili. Ushbu tamoyilga asosan o’quv materialini imkon qadar mayda qismlarga bo’lish lozim.
Javobni zudlik bilan tasdiqlash tamoyili. O’quvchi to’g’ri javob (echim) berganligi haqidama’lumot olish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Buning uchun u o’z javobini to’g’rijavob etaloni bilan taqqoslashi kerak;
O’qish surhatini individuallashtirish tamoyili.Bu tamoyilga asosan har bir o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda topshiriqlar tizimini ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Topshiriqlarning murakkabligini asta-sekin oshirib borish tamoyili. O’quv topshiriqlari oddiydan murakkabga qarab borishi, o’quvchi bir maqsadga erishgandan keyin boshqa maqsadni amalga oshirish lozim.
Bilimlarni turli shakllarda mustahkamlash: har bir o’qitish qadamlarini umumiylashtirishni bir necha bor mazmunga mos ravishda turli holatlarda qaytarish va yetarli miqdorda puxtalik bilan tanlangan misollar yordamida namoyish etish.
O’qituvchi, mahlum bir mavzuni o’rganish bo’yicha ishni tashkil qilmoqchi bo’lganda, uning oldida darslarning qaysi didaktik turkumini tanlash kerak? Har bir darsda axborotningqanchalik hajmiqayta ishlanishi kerak? Qayta aloqaning qaysi mexanizmlarini darsning qaerida qo’llash kerak? Qanday usullar samaraliroq bo’ladi?-degan qator savollar paydo bo’ladi.
Etakchi olimlar S.V. Ivanov, V.A. Onio’uk, N.P. Guziklar tomonidan dars tipologiyalari o’rganilgan bo’lib, ular kirish darslari; material bilan dastlabki tanishuv darslari; tushunchalar shaklanishi, qonunlar, qoidalarni o’ratish darslari; bilimlarni amaliyotda qo’llash darslari; ko’nikmalar darslari; qaytarish va umumlashtirish darslari; nazorat darslari; aralash yoki kombinatsiyalangan darslar; yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari; yangi ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish darslari; bilimlarni kompleks holda qo’llash darslari; bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish darslari; bilimlarni, malakani va ko’nikmalarni tekshirish, baholash va tuzatish darsi; mavzu va uni o’rganish metodikasining umumiy taxlili darsi; kombinatsiyalangan seminar mashg’ulotlari; bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish darslari; materialni fanlararo umumlashitirish darslari; dars-praktikum kabi turlarini ajratib ko’rsatganlar.
Darsni olib borish jarayonida, qaysi dars turidan foydalanishdan qathiy nazar, o’quv maqsadlari to’g’ri shakllantirilsa va pedagogik texnologiyalar o’z o’rnida qo’llanilsa, albatta bunday darslar samarali bo’ladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling