Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni oshirish omillari


Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari –


Download 21.66 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi21.66 Kb.
#1305304
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligi ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni yaxshilash rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishnita’minlash bilan bog’liq masalalar kiritiladi) asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari (asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar vash u kabilar) quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq foydalanish rezervlarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi).
Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo’yicha zahira rezervlariga va nobud bo’lish (bekorga sarflash) rezervlariga bo’linadi. Masalan, asbob-uskunalardan quvvuti va ish smenasi bo’yicha to’liq joydalanmaslik, o’rganilgan, lekin hali joriy etilmagan mehnat usullari-zahira rezervlaridir. Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg’ini ortiqcha sarflash nobud bo’lish rezervlariga kiradi.
Rezervlar tushunchasiga ishlab chiqarishda i shvaqtining bekor sarf qilinishi (bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko’zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasi) mehnatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda sarflanishi (mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik, ham belgilangan texnologiya jarayonilarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqarii ortiqcha sarflanishi) ham kiradi.

Download 21.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling