Mehnat va kasb ta`limining didaktik tamoyillari


Download 72.5 Kb.
bet2/6
Sana07.03.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1245563
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ta`limining didaktik tamoyillari

2.Ilmiylik printsipi – Mehnat ta`limi jarayonida o`quvchilar har xil materiallarga ishlov berish, elektro montaj ishlarini bajarish, mexanizmlarni yigish va boshkalarni urganadilar. Shu bilan birga ularda ma`lum malaka va kunikmalar tarkib topib kolmay, urganilayotgan mehnat operatsiyalarining ilmiy asoslari xakida tushincha xam xosil buladi.
Ilmiy asoslar o`quvchilarning umumiy rivojlanishini va fan asoslariga oid bilimlarini xisobga olib tushunarli formada bayon qilinadi. Mehnat ta`limida ilmiylik printsipini ta`limni eng yuqori ilmiy-nazariy saviyada utkazish talabi sifatida emas, ta`lim jarayonini metodologik asosda, xozirgi zamon ilmiy-texnik ma`lumotlarga va o`quvchilarning fan asoslari buyicha bilimlariga tayangan xolda tashkil etish talabi deb tushinish lozim. Agar o`quvchilar xali urganmagan tabiiy ilmiy konuniyatlarga tayanadigan ma`lumotlarni bayon kilish zarur bulib kolsa, mehnat ta`limining vazifalarini bajarishdan bosh tartmaslik va ularni xal kilish yullarini izlash kerak. Hozirgi zamon texnologik ilg`or ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishadilar. Ilmiylik printsipi terminlarini to`g`ri ishlatishga o`rgatadi. (shtangen –sirkul` to`g`ri shtangan emas, kerno emas, kerner).
3.Sistemalilik va izchillik printsipi – O`qituvchi mehnat ta`limi jarayonida o`quv materialini ixtiyoriy ravishda emas, ma`lum qoidalarga asosan bayon qiladi. O`quv materialini bayon qilishda uchraydigan ishlab chiqarish texnologiyasidan birmuncha chetlanishlarning sababi soddadan murakkabga o`tishdek didaktik qoidani bajarish hisoblanadi. O`rta maktabdagi mehnat ta`limining mazmunida ma`lum ketma-ketlik va sistemalilikni qayd etish mumkin. Boshlang`ich maktab o`quvchilari ishlov berish nisbatan asonroq va turmushda tez-tez uchrab turadigan materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishadilar. Sinfdan-sinfga o`tgan sayin o`quvchilar murakkabroq mehnat qurollarni ishlatishni, ko`p jismoniy kuch sarflash hamda psixik rivojlanishning yuksak darajada bo`lishini talab qiladigan materiallardan detallar tayyorlash usullarini o`rgana boradi. Sekin asta ular mashina mehnatiga, oldin sodda, keyinchalik murakkab mashinalarning qurilishini o`rganishga jalb qilinadi. O`quv materialini to`g`ri taqsimlash ya`ni oddiydan murakkabga, oddiy operatsiyalardan qiyiniroq operatsiyalarni bajarishga o`tishni talab qiladi.

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling