Mehnat va kasb ta`limining didaktik tamoyillari
Download 72.5 Kb.
|
Ta`limining didaktik tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallashning puxtaligi
6.Ko`rsatmalilik prinsipi- ustaxonadagi mashg`ulotlarda ko`rsatmalilik, avvalo texnik chizmaning hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi roli bilan bog`liq xolda aloxida axamiyat kasb etadi. Chizmani o`qish mehnat topshirig`ini bajarish boshqichlaridan biri. Bundan tashqari chizmachilikka oid ayrim bilimlarsiz o`quvchilarga konstruktsiyalash va texnologiya elementlarini o`rgatib bo`lmaydi. Chizmashilik 8-sinfdan o`qitilishi sababli mehnat ta`limi o`qituvchisining o`zi chizmashilik bo`yicha ma`lumotlar berishiga to`g`ri keladi. Ustaxonalardagi mashg`ulotlarda o`quvchilar chizmachilikdan chizmani o`qish, uncha murakkab bo`lmagan detalni tekislikdagi tasviri bo`yicha fazodan tasavvur qila olish uchun yetarli bilimlarni olishi zarur. Ustaxonalardagi mashg`ulotlarda ko`rsatmalilikning keng tarqalgan hamma turlari-tarqatma material, plakatlar, modellar, diapozitivlar, kinofil`mlar va boshqalardan foydalaniladi. Ko`rsatmalilik o`quvchilarini qiziqishini orttiradi va qiziqtiradi, utilayotgan darsni yaxshi esda saqlab qolishga yordamlashadi.
7.Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallashning puxtaligi (Mustaxkam pukta o`zlashtirish)- hozirgi fan-texnika rivojlangan, yil sayin bilimlar xajmi g`oyat jadal o`sib borayotgan sharoitda o`qitish jarayonini shunday tashkil qilishga to`g`ri keladi, maktabni bitirib chiqqanlar o`z amaliy faoliyatlari jarayonida yangi bilimlar, malakalar, ko`nikmalarni mustaqil egallashlari uchun eng qulay sharoit yaratilgan. Buning uchun bilim, malaka va ko`nikmalar puxtagina emas, moslashuvchan xam bo`lishi, o`quvchilar ularni yangi ishlab chiqarish sharoitlarida qo`llay olishlari kerak. Bunga o`quvchilar faqatgina o`tilayotgan darsni o`zlashtirib qolmay oldingi o`tilgan darslar yuzasidan malaka va ko`nikmalarni takomillashtiradilar, kerak bo`lib qolganda esa esga tushirib praktik ish mobaynida qo`llaydilar, politexnik ta`lim tufayli erishiladi. O`quvchilarda turli mehnat qurollari, texnologik prosesslarni ularning samaradorligini aniqlash maqsadida analiz qilish, taqqoslash malakalarini shakllantirish ham yordam beradi. Mehnat ta`limi sharoitida bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallash puxtaliligiga avvalo yangi materialni samarali bayon qilish xisobiga erishiladi. Bilimlar va malakalarning puxtaligini ta`minlashda mashqlarni yo`lga qo`yish va ta`limning texnik vositalarini qo`llash, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling