Mehnat va kasb ta`limining didaktik tamoyillari
Download 72.5 Kb.
|
Ta`limining didaktik tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Unimli mehnat asosida o`qitish printsipi
9.Politexnik prinsip – bu prinsip ta`limini o`quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishining umumiy ilmiy asoslariga doir bilimlar shakllanadigan va ular ishlab-chiqarish-texnik faoliyatining ko`p soxalarida qo`llanadigan umumlashgan malakalarni egallaydigan yo`sinda tashkil etishni talab qiladi. O`quvchilarga ular ustaxonalardagi mashg`ulotlar jarayonida oladigan texnik bilim va malakalarning universalligini; bu bilim va malakalardan yangi ishlab chiqarish sharoitlarida foydalana olish kerakligini ko`rsatish zarur. O`quvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining muxim tarmoqlari bilan ikki yo`l orqali tanishtirish mumkin: a) ularning har birini izchil o`rganish; b) ishlab chiqarish jarayonlarini ularning asosi bo`lgan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga bog`liq xolda klassifikatsiyalash va mazkur qonuniyatlarni xalq xo`jaligining bir-ikkita tarmog`i misolida o`rganish orqali. Birinchi yo`lni maktabda qo`llab bo`lmaydi, chunki u juda ko`p o`quv vaqtini sarflashni talab qiladi. Ikkinchi yo`l esa maktabda xalq xo`jaligining eng muxim tarmoqlarini o`rganish uchun real imkoniyat yaratadi va didaktik jihatdan ancha qimmatli, chunki u xalq xo`jaligining o`quvchilar maktabda o`rgangan tarmoqlari bilan o`rganmagan tarmoqlari orasida uzviy bog`lanishni ta`minlaydi. Har xil ishlab chiqarish jarayonlari sirtdan qaraganda har xilligidan qatiy nazar, anchagina o`xshashlik va umumiylikka ega, chunki ular ko`pincha tabiatning bir xil qonun va xodisalaridan foydalanishga asoslangan. Ta`lim jarayonining politexnik yo`nalishini ta`minlash uchun ayrim konkret ishlab chiqarish jarayonlari misolida hozirgi zamon sanoati eki qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining umumiy asoslari o`rganiladigan didaktik vaziyatni vujudga keltirish talab qilinadi.
Mehnat ta`limi bosqichlari orasidagi izchillik politexnik prinsip uchun katta ahamiyatga ega. Ustaxonalardagi mashg`ulotlarda o`smirlar quyi sinflarda o`zlashtirgan qator politexnik malakalarni qo`llashi va takomillashtirishi juda muxim. Qog`ozni rejalashda chizg`ich, go`niya va qalamdan foydalanish malakasini egallash va metallni rejalashda qo`llash kerak. Bu jixatdan o`quvchilarning andaza rejalash malakalari juda foydali buladi.O`quvchilar kogozni, gazlamani va listli kaychi bilan kirkish orasida kupgina umumiylikni topadi. Modellashtirish jaraenida o`quvchilar yana shu ish buyicha kuyi sinflarda olgan bilimlarini kullashi va xakozalar uchun cheklanmagan imkoniyatlar vujudga keladi. 10. Unimli mehnat asosida o`qitish printsipi - ayrim pedagogika nazarietchilari o`qitishni unumli mehnat bilan kushib olib borib bulmaydi degan fikirni ilgari surgan edilar. Mehnat ta`limi darslarida bajariladigan ishlar mashk asosida olib borilsa etarli buladi degan notugri fikirni ilgari surgan edilar. Lekin haet shuni kursatdiki bu fikr nltugri ekanligini ya`niy o`quvchi o`z mehnatining pirovordi yakunini ko`rgandagina unda mehnadga qiziqish ham da mehnat kishisiga hurmat ortishi isbotlangan. Shuning uchun ham mehnat ta`lim darslari unumli mehnat asosida olib borilmokda. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling