Mehnat va kasb ta`limining didaktik tamoyillari
Mehnat ta’limi fanining o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari yetadigan bo`lishi
Download 72.5 Kb.
|
Ta`limining didaktik tamoyillari
8. Mehnat ta’limi fanining o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari yetadigan bo`lishi. (O`quvchilarni yosh va individual xususiyatlarni xisobga olish) – Mehnat ta`limi bo`yicha o`quv materialining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining hozirgi zamon darajasiga mos, o`quvchilarga tushinarli bo`lishi shart. Shuning uchun ko`pincha o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirishlarini osonlashtiradigan va ularni ancha qiyin nazariy va amaliy masalalar bilan tanishtiradigan har xil metodlarga murojaat qilishiga to`g`ri keladi. Mehnat ta`limi o`quvchilarga tushinarli va bajara oladigan bo`lishi uchun nazariy ma`lumotlargina emas o`quvchilar organizmiga tushadigan jismoniy nagruzkalarni ham nazarda tutish lozim. Mehnat darslarida o`qituvchi charshashning tashqi alomatlarini kuzatib turishi va shunga ko`ra jismoniy nagruzkani boshqarib borishi lozim. O`quvchilarning individual xususiyatlari o`quv materialini, mehnat malaka va ko`nikmalarini o`zlashtirishlaridagina emas, mehnatga munasobatlarida ham namayon bo`ladi. O`quv materiallarini o`zlashtirish qobiliyatlari bo`yicha o`quvchilar bir-biridan sezilarli fark kiladi. Buning sababi o`quvchilarning ba`zilari oilada, ba`zilari texnik tugaraklarda mehnatga birmunsha tayorgarlik kuradi. Mehnat ta`limi o`qituvchisi topshiriqlar tanlashda ana shularning hammasini xisobga olishi kerak. Amaliy ishni bajarish bo`yicha o`quvchilarni shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin. Birinshi guruh o`z qobiliyatlariga to`la ishongan, o`zlari uchun yangi bo`lgan ishga ishtiyoq bilan kirishadigan, dastlabki kiyinchiliklardayoq uzini yuqotib quymaydigan, o`qituvchidan yordam surashdan uyalmaydigan o`quvchilardan iborat buladi. Bu gruppaga asosan oilada birmuncha mehnat tayorgarligi ko`rgan o`quvchilar kiritiladi. Ikkinchi gruppaga uz qobiliyat va imkoniyatini yetarlicha baholay olmaydigan o`quvchilar kiradi, ular ozgina qiyinchilik bo`lsa o`zini yo`qotib qo`yadi, ishni to`xtatadi. Bunday o`quvchilarga aloxida axamiyat berish kerak, ularda o`z kuchiga ishonch xosil qilish kerak, ularning ishlarini baholashda ozgina yutuqlarini xam aloxida aytib o`tib, ularni ishlashga qiziqtirish kerak. Uchunchi gruppaga o`zining jismoniy mehnat qobiliyatini ortiqcha bohalaydigan o`quvchilarni kiritish mumkin. Bunday o`quvchilar o`zlariga ishonadi, maqtonchoqlik qiladi. Ular har qanday ishning uddasidan chiqamiz deb o`ylaydi, birinchi gruppadagilar kabi ishga ishtiyoq bilan bajarishga kirishadilar, ammo qiyinchiliklarga duch kelgach, ularni bartaraf etishga urunib ham ko`rmay, to`xtab qoladilar. Bu o`quvchilar o`zlari uchun qiyin ishdan ko`pincha aynib qoladi, unga qiziqmay qo`yadi. O`qituvchi bunday o`quvchilarga qiyinchiliklarni bartaraf qilishda yordam berishi kerak. Har qanday mehnat kuch harakat, qatiyatlikni taqoza etishiga o`zlarining shaxsiy tajribalarida qayta-qayta ishonch hosil qilgach, bu o`quvchilar ishga aktiv kirishadilar va o`zlariga nisbatan ancha tanqidiy munosabatta bo`la boshlaydilar.
Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling