Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish maydonida _geodezik ishlar
- Grunt qatlamlarining fizik-mexaniq xossalari
4.2. Poydevor turlari va ularni loyihalash Inshoot zamini va poydevorini loyihalashdan oldin qurilish maydonida ershunoslikka oid izlanish o‘tkazilib, qurilish pasporti tuziladi. Qurilish pasporti deb, bir turdagi loyihalarni turli jamoat, sanoat va er osti inshootlarini bir-biri bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan barcha texnik hujjatlarga aytiladi. Qurilish pasporti quyidagi texnik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: — qurilish maydonining 1:500 va 1: 2000 masshtabda chizilgan rejasi. Unda loyihadagi inshootning o‘lchamlari hamda belgilangan joylar o‘rni va shurf qazilgan erlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart; — qurilish maydonining tuzilishiga oid qirqim; — grunt qatlamlarining fizik-mexaniq xossyalari; — qurilish maydonining er osti suvlari xususiyatlari; — grunt suvlarining kimyoviy xossalari; — Qurilish maydoni muhandis-ershunoslik shart-sharoitlari hamda zamin va poydevorlarni loyihalash shartlari tug‘risida umumiy ma’lumot. Qurilish maydonida _geodezik ishlar. Poydevorlarni loyihalash uchun odatda qurilish va uning atrofidagi maydonlarning er ustki satxi va uning ko‘rinishi tasvirlangan 1:500 va 1:2000 masshtabdagi chizmasi kerak bo‘ladi. Qurilish maydonining ershunoslikka oid tasviri. Qurilish maydoniing ershunoslik tasviri quyidagi maqsadni ko‘zlab olib boriladi: — poydevorlarning chuqurligini belgilash; — inshoot zaminining yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash; — poydevorlarning qulay konstruksiyasini tanlash; — poydevorlar o‘rnatishda ilg‘or qurilish ishlarini olib borish; — poydevorlarning cho‘kishini va mustahkamligini aniqlash; — inshoot bunyod etilgandan so‘ng uning uzluksiz ishlashini ta’minlash. 77 Grunt qatlamlarining fizik-mexaniq xossalari. Qurilish maydonining ershunoslikka oid tuzilishi o‘rganilgandan so‘ng, inshoot zaminining yuqoridan uzatiluvchi yuk ta’sirida bo‘lgan barcha qatlamlarining fizik-mexaniq xossalari o‘rganiladi. Bu ishlarning umumiy hajmi qurilish maydoni muhandis- ershunoslik sharoitlarining murakkabligiga va loyihalashtirilayotgan inshoot o‘lchamlari hamda uning xizmat davriga bog‘liq bo‘ladi. Gruntlarning fizik- mexaniq xossalari qurilish maydonining muhandis - ershunoslik tuzilishi tug‘risidagi ashyolar bilan birgalikda poydevor chuqurligini tanlashda, poydevor turini belgilashda va tegishli hollarda zamin gruntlarini shibbalash va mustahkamlashda, gruntlarning tabiiy hususiyatlarini saqlashda va grunt qatlamidagi suvlarning inshoot er osti qismlariga ta’sirini o‘rganishda juda katta yordam beradi. Hulosa qilib aytganda, zamin va poydevorlar loyihasini tuzishda qurilish maydoni ershunoslik yoritmasi va gruntlarning fizik-mexaniq hossalari yordamida inshootning qurilma bo‘laklariga bo‘lgan talab ham ishlab chikiladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling