Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Alohida turuvchi poydevorlar. Bunday poydevorlar sanoat va jamoat 
binolari ustunlari, elektr simlarini ko‘tarib turuvchi ustunlari, uncha og‘ir 
bo‘lmagan yuk ko‘taruvchi ustunlar ostiga ko‘yiladi. Bu poydevorlar beton va 
temir-betondan yasaladi. Ba’zan yirik toshlardan va bu toshlardan qilingan 
betondan ham tuzilishi mumkin. Alohida turuvchi poydevorlarni ko‘p yuk 
ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan zaminlarda yoki poydevorga uncha og‘ir 
bo‘lmagan yuk ta’sir etganda ko‘llash maqsadga muvofiq. Bunday poydevorlar 
balandligi bo‘yicha ko‘pincha zina shaklida loyihalashtiriladi . 
Jo‘yaksimon poydevorlar. Bunday poydevorlar bino va inshootlarning yuk 
ko‘taruvchi devorlari ostiga o‘rnatiladi (5.3-rasm). Yuqoridan o‘zgarmas kuch 
ta’sir etganda bunday poydevorlarning har qanday kesimi bo‘yicha ishlash 


79 
sharoiti bir xil bo‘lgani sababli ularnipg ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas 
o‘lchamga ega bo‘ladi. Jo‘yaksimon poydevorlar yirik toshlardan, yirik toshli 
betondan, betondan va temir-betondan yasalishi mumkin. Ko‘ndalang kesim 
bo‘yicha bunday poydevorlar zina va trapetsiya shaklida loyihalanadi. 
5.2-rasm. Zinapoya shaklidagi poydevor 5.3.-rasm. Jo‘yaksimon poydevor 
Ba’zi jo‘yaksimon poydevorlarni alohida ustunlar ostiga ham ishlatiladi. Bu esa 
faqatgina ustunlarga yuqoridan juda katta qiymatli yuk ta’sir etganda, zamin 
gruntlari esa u yukni ko‘tara olish qobiliyatiga ega bo‘lmaganda, alohida 
turuvchi poydevorlar o‘lchovi talabga javob bermay, juda katta joyni 
egallaganda maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. 
 
5.3-rasm. Jo‘yaksimon chorraha poydevor. 
 
Jo‘yaksimon chorraha poydevorlari. Ko‘pincha alohida turuvchi ustunlar 
osti poydevorlarini loyihalashda zamin gruntlarining yuk ko‘tarish qobiliyati 
etarli darajada bo‘lmaydi. SHuning uchun bino va inshoot qurilmalarining 
turlicha cho‘kishi tufayli juyaksimon poydevorlar ularning mustahkamligini 
ta’minlay olmaydi. Bunday hollarda o‘zaro kesishuvchi jo‘yaksimon 


80 
poydevorlar juda ko‘l keladi (5.3-rasm). Bu poydevorlar asosan temir-betondan 
ishlanib, ustunlar esa ularning o‘zaro kesishgan joyiga o‘rnatiladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling