Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
b) Chuqur joylashuvchi poydevorlar
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
b) Chuqur joylashuvchi poydevorlar.
Zaminga katta qiymatli tik hamda yotiq yo‘nalgan bosimlarii uzatuvchi o‘ta og‘ir inshootlarning mustahkamligini ta’minlash uchun, odatda, ularning 86 poydevorlarini etarlicha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan chuqur joylashgan qatlamlarga o‘rnatish lozim bo‘ladi. Bunday chuqur tabiiy qatlamlarga etib borish uchun ko‘pincha qoziqli poydevorlarni qo‘llash imkoniyati bo‘lmay qoladi, chunki bunday hollarda nihoyatda uzun va og‘ir qoziqlar ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bu qoziqlarni esa hozirgi zamon texnikasi yordamida o‘rnatishga imkoniyat yo‘q, engil va qisqa qoziqlarga kelsak, ularning soni rostverkga joylashtirib bo‘lmaslik darajada ko‘paiib ketadi. SHuning uchun bunday hollarda maxsus usullar bilan o‘rnatiluvchi chuqur joylashtiriladigan poydevorlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Hozirgi vaqtda chuqur joylashtiriladigan poydevorlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Pastlashuvchi quduqlar. 2. Kesson poydevorlari. 3. Temir-beton qobiqlar. 4. Pastlashuvchi quduqlar. Bunday poydevorlar to‘g‘risida gap ketganda, ichki bo‘shlig‘idan grunt qazib olish hisobiga o‘z og‘irligi ta’sirida chuqurlashib boruvchi quduqlar tushuniladi. Loyihada belgilangan katta qiymatli yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan qatlamlarga yotganda grunt qazish ishlari to‘xtatilib, gruntning ichki bo‘shlig‘i beton bilan to‘ldiriladi. Natijada yaxlit poydevorlar hosil bo‘ladi. Pastlashuvchi quduqlar chuqurligi umuman chegaralanmaydi. Hozirgi vaqtda bunday quduqlarning 70 m va undan ham ortiq chuqurlikkacha o‘rnatilgan hollari ma’lum. O‘z og‘irligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlar betondan, temir-betondan va yog‘och-betondan ishlanishi mumkin. Ko‘ndalang kesimi bo‘yicha ular inshoot ostki qismi shaklini takrorlab, asosan doira, kvadrat, to‘rtburchak va boshqa shakllarda bo‘ladi. Quduqning bo‘ylama kesimi esa chetki devorlari tik yoki pastlashish jarayonida grunt bilan ishqalanishni kamaytirish uchun zina shaklida loyihalanadi. Quduq devorining ostki qismi o‘tkirlanib unga grunt qatlamida pastlashishi uchun qulay shakl beriladi. 87 Pastlashuvchi quduq ichidagi grunt greyfer yoki elektr yordamida olib tashlanadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling