Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Yog‘och konstruksiyalardan qurilishda foydalanish
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
5.22. Yog‘och konstruksiyalardan qurilishda foydalanish
Yog‘och konstruksiyalari boshqa konstruksiyalardan ustunliklari tufayli qurilishda juda keng foydalaniladi, albatta buning uchun etarli sharoit va o‘rmonlar kerak. Qurilishda ishlatiladigan yog‘ochlarning turlari. Germaniyada qurilish uchun yog‘och materiali sifatida qattiq turdagi evropa igna bargli daraxtlari qo‘llaniladi. U erda o‘sadigan qattiq bargli daraxtlar (dub, buk) faqatgina maxsus konstruksiyalarni tayyorlash uchun xizmat qiladi. Igna bargli daraxt yog‘ochi. Bu xil daraxtlardan tayyorlangan yog‘och kam zichlikka ega bo‘lib etarlicha mustahkamlikka ega, namlikdan kengayish ko‘rsatkichlarining sezilarli emasligi bilan harakterlanadi. Unga ham qo‘lda, ham mashinalar yordamida ishlov berish oson. Archa - o‘rta va shimoliy Evropada asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Ko‘ndalang kesimidagi xalqalar yordamida uning yoshini aniqlash mumkin. Pixta va archa taxtalarining sirtiga moy bo‘yokda ishlov berish osondir. Ammo maxsus ishlov berishsiz u tashqi atmosfera ta’siriga chidamsizdir. Archa daraxti ham tashqi, ham ichki-konstruksiyalar sifatida, elimlangan taxtalar paketi, pardoz ishlarida, qobiqlar, pol konstruksiyalarini tayyorlashda ishlatiladi. Oq qaragay - archa daraxtiga nisbatan rangi ochroq bo‘ladi. Tarkibi va boshqa ko‘rsatkichlari archaga yaqin. Pixta archa kabi qurilishda keng ishlatiladi. SHuning uchun pixta va archa daraxtidan tayyorlangan yog‘ochlar pixta va archa yog‘ochi aralash sortament material sifatida birgalikda sotiladi. 192 Qaragay - Evropaning barcha erlarida, bundan tashqari Osiyo (Sibir) da keng tarqalgan. Ko‘ndalang kesim yuzasi ko‘p yillik xalkalarga ega bo‘lib, rangi archaga nisbatan to‘qroq bo‘ladi. Unga ishlov berishda undagi ko‘zlarga, smolaga e’tibor berish lozim. Sosna atmosfera ta’siriga archaga nisbatan bardoshlidir. Lyokin tashqi konstruksiyalarda ishlatilganda kerakli himoya ishlarini talab kiladi. Sosna tashqi va ichki konstruksiyalar sifatida, deraza va eshiklarni tayyorlashda, elimlangan taxtalar paketi, pardoz ishlarida, qobiqlar, pol konstruksiyalarini tayyorlashda, hovli devor tom yopishda ishlatiladi. Tilag‘och - markaziy Evropada keng tarqalgan. Ko‘ndalang kesimining rangi to‘q-jigarrang bo‘lib, yillik xalkalari aniq ko‘zga tashlanadi. Tarkibida smola miqdori juda ko‘p bo‘lib, pardoz ishlariga yaroqlidir. YUqorida sanab o‘tilgan yog‘ochlarga nisbatan qattiq hisoblanadi. SHuning uchun mix qoqishdan oldin teshiladi. Tashqi konstruksiyalar sifatida, eshik va deraza romlari uchun, qishloq qurilishida ham keng qo‘llaniladi. Oddiy bargli daraxt yog‘ochlari: zichligi katta bo‘lganligi uchun igna bargli daraxt yog‘ochiga nisbatan unga ishlov berish qiyinroqdir. Ko‘ndalang siqilishda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, qurish va namlik ta’siriga chidamliroq. Qora qayin - Evropa bo‘ylab keng tarqalgan. Ko‘ndalang kesimida mutaxkam o‘zakka ega bo‘lib, rangi sariq-jigarrang. Yillik xalqalar bu daraxtda aniq ko‘rinmaydi. Unga ishlov berish oson bo‘lib, umrboqiy hisoblanadi. Bolut (Dub) - evropada tarqalgan bo‘lib, unga o‘xshash turlari YAponiyada, Eronda, Amerikada uchraydi. Ko‘ndalang kesimidagi yillik xalqalari aniq tasvirlangan oqish rangdagi daraxtdir. Dub daraxtidan tayyorlangan yog‘ochlar umrboqiy hisoblanadi. Buk yog‘ochiga nisbatan qurish va namlikka nisbatan chidamlirovdir. Randalangan sirti juda tyokis va silliq bo‘ladi.Umrbok iyligi va namlikka chidamliligi evaziga juda ko‘p joylarda (gidrotexnik inshootlarda, ko‘priklarda) ishlatiladi. 193 Umuman yog‘och konstruksiyalarining qo‘llaniladigan turlari quyidagilardan iborat: - YOg‘och to‘shamalar- yuk ko‘taruvchi va faqat o‘zini ko‘taruvchi yog‘och yopmalar, ustyopmalar; - YOg‘och to‘sin- butun yog‘ochdan tashkil topgan yopma, to‘sinlari; - Yig‘ma to‘sin- turli yog‘ochlarni qo‘shib tayyorlangan to‘sin; - Elimlangan to‘sinlar- turli o‘lchamdagi turli sifatli yog‘ochlarni o‘zoro elimlab tayyorlangan konstruksiya; - YOG ‘ OCH ustunlar-butun, yig‘ma va elimlangan yog‘ochlardan bo‘lishi mumkin; - YOg‘och fermalar, masalan storopil konstruksiyalari; - YOG ‘ OCH arka va ramalar - aksariyat sanoat va qishloq xo‘jalik imoratlarini ko‘taruvchi konstruksiyalari; - Kombinatsiyalangan yog‘och – metall - plastmassalardan tashkil topgan konstruksilar. Respublikamizda boshqa davlatlardan keltirilgan, o‘zimizda etkazilgan turli xil daraxtlar har xil murakkablikka ega qurilishlarda yog‘och materiali sifatida ishlatiladi. Bularga o‘zimizdagi terakning bir necha turi, tol, chinor, yong‘ok, archa, qaragay, oq qayin va h.q lar misol bo‘la oladi. Bularning ichida terak, tol, qaragay, chinor daraxtlari qadimdan binokorlikda ishlatilib kelingan. Tol yog‘ochi juda elastik bo‘lib, bu hususiyatini qurigandan keyin ham saqlab qoladi. Terakning ko‘p turlari (ok, ko‘k) esa qurigandan keyin bikrligi juda oshib ketadi. Quritilgan terakka ishlov berish qiyin kechadi. Oq qayin yog‘ochining xususiyatlari terakka deyarli o‘xshash bo‘ladi. YOng‘oq yog‘ochi esa aksincha ishlov berishga oson material hisoblanadi. SHuning uchun yong‘oq pardoz ishlarida ko‘prok ishlatiladi. 6.10- rasmda respublikamizda keng qo‘llaniladigan sinchli bino konstruksiyasining umumiy ko‘rinishi keltirilgan. 194 5-10 - rasm. Sinchli konstruksiyaning umumiy ko‘rinishi Mahalliy usulda quriladigan sinchli binolar konstruksiyalariga 7-bobda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Mahalliy qurilish ashyosi sifatida yog‘och nafaqat sinchli binoning karkasini tiklash uchun, eshik va deraza, pol, shift, tom yopmasi, oraliq yopmalar konstruksiyalarini bajarishda, bundan tashqari pardozlash ishlarida qadimdan keng qo‘llanilib kelingan. YO G ‘ OCH konstruksiyalari Respublikamizda keng foydalanib keladigan qurilish ashyosi bo‘lib ko‘priklarda, ba’zi noyob-tarixiy binolarda, imoratlar stropilasida sinchli imoratlarda, ustyopmalarda, eshik, deraza va pollarda keng qo‘llanilib keladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yog‘och konstruksiyasi qadimdan keng qo‘llanilib kelinayotgan va hozirgi kunda ham turli ko‘rinishlarda, turli xildagi konstruksiya shaklida bino va inshootlarning har xil qismlarida ishlatilib, bugungi qurilish industriyasi rivojlangan bir davrda xam o‘z mavqeini yo‘qotmay kelayotgan qurilish ashyosidir. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling