Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Nazorat savollari 1. Beton, armatura po‘lati va temir-betonning asosiy xillari. 2. Beton va temir-beton konstruksiyalar uchun beton material ekanligi 3. Temir-beton konstruksiyasining xillari 4. Temir-beton konstruksiyalariga qo‘yilgan talablar 195 5. Beton va temir konstruksiyaning tashkil etuvchilari 6. Temir-betonning xususiyatlari 7. Konstruksiyaning afzalliklari va kamchiliklari 8. Temir-betonning qotishiga, tuzilishiga quruq va issiq iqlimning ta’siri 9. Temir-beton konstruksiyalaridan samarali foydalanishdagi yondoshishlar. 196 VII BOB. MAXALLIY XOM ASHYOLARDAN QURILADIGAN BINOLAR KONSTRUKSIYALARI Qurilish konstruksiyalarining rivojlanish tarixi qadimdan boshlanadi. Ishlov berilmagan toshdan qurilgan birinchi inshootlar tosh davriga to‘g‘ri keladi. YOg‘och konstruksiyalarni qo‘llash ham qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Bu tabiiy ashyolar turar joylar qurishda va eng sodda inshootlar ustunlar, bostirmalar, kichik-kichik ko‘priklar qurishda ishlatilgan.. Quldorlik va feodal jamiyatlarida g‘isht- tosh me’morchiligining juda ko‘p ulug‘vor yodgorliklari gumbaz bilan qoplangan saroylar, madrasalar, masjidlar qurilganini bilamiz. O‘tgan davrda armatoshli konstruksiyalar paydo bo‘ldi va ularni ishlatish sohasi kengaydi. Po‘lat elementlar bilan armaturalangan g‘isht- tosh konstruksiyalar, quvurlar, buyumlar, ko‘priklar va boshqa shu kabilarni qurishda ishlatila boshladi. YOg‘och konstruksiyalar qo‘llashning keng yoyilishi g‘isht-tosh konstruksiyalar bilan qadamma - qadam bordi. Birinchi yog‘och ko‘priklar bizning eramizgacha bo‘lgan davrlarda qurilgan. Qadimgi vaqtda uylar va qal’a devorlarini qurishda tarashlangan yog‘och konstruksiyalari qo‘llanilgan. YOg‘och konstruksiyalar rivojalana borgan sari «shponka»li, mixli, mix cho‘pli birikmali murakkab sistemalar qo‘shma to‘sinlar, ramalar, gumbazlar va hokazolarda qo‘llana boshlangan. Keyingi 10 yillar ichida elimlab tayyorlanadigan elim yog‘ochli va elim fanerli konstruksiyalar, metall yog‘och fermalar, arkalar va boshqalar keng tarqaldi. Ayni bir vaqtda plastmassalardan foydalanib tayyorlangan konstruksiyalar, xususan, qatlamli plitalar, devorbop to‘siqlar, havo to‘ldirilgan pnevmatik qobiqlar va boshqalarni ishlatish o‘sib bormoqda. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling