Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
7.1. G‘ishtli devorlar konstruksiyasi. G‘isht qadimgi qurilish materiali sifatida hammaga ma’lum. U hozirgi paytgacha qurilishda keng qo‘llanib kelinadi. Eng keng tarqalgan pishgan oddiy g‘ishtlar sariq va qizil bo‘ladi. Ichi g‘ovak pishgan g‘ishtlar ham bo‘lib, ular 197 yaxshi issiqlik o‘tkazmaydigan ko‘rsatkichlarga ega. G‘isht, ayniqsa xom g‘ishtli imoratlar o‘zini arzonligi, qurish texnologiyasi engilligi, istalgan me’moriy ko‘rinish berish mumkinligi, qish va yozlarda haroratning o‘zgarishiga barqarorligi kabi ijobiy xususiyatlari bilan farq qiladi. G‘isht shu kabi ustunliklari bo‘lgani uchun keng qo‘llanilib kelinadi. G‘ishtning salbiy tomonlari ham mavjud, u suv va namlikdan, seysmik tebranishlardan tez emirilishadi. SHuning uchun ham g‘isht devorlar turli salbiy ta’sirlardan himoya qilinadi. Er silkinishi xavfi bor maydonlarda g‘ishtli imoratni balandligi chegaralanadi, masalan, pishiq g‘isht 5 qavatdan, xom g‘isht 1 qavatdan oshmagani ma’qul. O‘zbyokistondagi xususiy qishloq imoratlari devorlarining yarmidan ko‘pi, Toshkentdagi shaxsiy uylarning to‘rtdan bir qismi hom g‘ishtdan qurilgan. Bunday imoratlarning ba’zilarini tomi tuproqdan, ba’zilariniki tunuka yoki shifer bilan yopilgan. Bu imoratlarning poydevori ko‘pincha tosh, beton va pishiq g‘ishtdan 0,5 - 1 m balandlikda ishlangan. Xom g‘ishtlar yoki guvalalar odatda sof tuproqdan tayyorlanadi. Bunday devorlarning qalinligi 40 sm dan 50- 60 sm gacha bo‘ladi. 7-8 balli zilzila bo‘lib turadigan rayonlarda xom g‘ishtdan tiklangan imoratlarni antiseysmika tadbirlarisiz qurish butunlay mumkin emas. 7.2. Xom g‘ishtli konstruksiyalar. Xom g‘ishtdan ishlangan binolar har qanday yo‘llar bilan mustahkamlangan bo‘lsa ham 9 balli zilzilaga bardosh bera olmaydi. SHuning uchun 9 balli zonalarda hom g‘ishtdan imorat qurish tavsiya etilmaydi. Umuman, hom g‘isht duch kelgan tuproqdan tayyorlamagani ma’kul, tuproq tuzlarsiz, qumsiz va ortiqcha salbiy tashkil etuvi tosh va boshqa materiallardan holi bo‘lishi kerak |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling