Mehnatni tashkil etish va normalash


Ish joylarining ixtisoslashtirilishi


Download 0.84 Mb.
bet3/3
Sana14.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1357173
1   2   3
Bog'liq
Mehnatni tashkil etish va normalash 3

3. Ish joylarining ixtisoslashtirilishi
Ish joylarini oqilona tashkil etish ularni dastlab ixtisoslashtirishni taqoza etadi. Ish joyining ixtisoslashtirilishi deganimizda, unga bir xil mehnat funksiyalari, ishlar yoki qismlarni birkitib qo‘yish tushuniladi.
Seriyali buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalarda sexlar, uchastkalar predmeti bo‘yicha, ya’ni ma’lum xil va turkum qismlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladi. Masalan, stanoksozlik zavodining mexanika sexida val uchastkasi, korpus qismlari uchastkasi, tishli g‘ildirak (shesternya) uchastkasi va h.k.lar tashkil qilinadi. Bunday uchastkalarda ish joylari predmetlar bo‘yicha guruhlashtiriladi.
Seriyali turdagi ishlab chiqarishning eng muhim xususiyatlari:
a) tuzilishi jihatidan bir xil bo‘lgan xiyla keng xildagi mahsulotning ozmi-ko‘pmi katta seriyalarda ishlab chiqarilishi vaqti-vaqti bilan takrorlanib turishidan;
b) universal mashinalar bilan birgalikda maxsus asbob-uskunalar qo‘llanishidan;
v) ish joylarini ularning har biriga turkum-turkum qilib tayyorlanadigan qismlarni (detallarni) ishlatishdagi bir qancha jarayonni doimiy ravishda birkitib qo‘yish yo‘li bilan predmetli ixtisoslashtirishdan iborat.
Yakka turdagi ishlab chiqarishda ish joylarini ixtisoslashtirish uchun sharoit uncha qulay bo‘lmaydi, negaki ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmat turlarining tez-tez o‘zgarib turishi bajariladigan ish xarakterining doimiy o‘zgarib turishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay, ilg‘or korxonalarning tajribasiga ko‘ra, oldindan muntazam suratda zarur tayyorgarlik ishlari o‘tkazib turilganida, yakka turdagi mahsulot ishlab chiqarish sharoitida ham ish joylarini ixtisoslashtirishning ancha yuqori darajasiga erishish mumkin. Bundagi tayyorgarlik ishlari birinchidan,har xil ishlar (operatsiyalar)ni biron umumiy alomatlari bo‘yicha guruhlashdan; ikkinchidan, bu guruhlarning har birini tegishli ish joyiga biriktirib quyishdan iborat bo‘ladi. Bunda har bir guruhdagi malaka darajasi va bajariladigan ishlar hajmi, ularni bajarish muddatlari, ishlab chiqarish normalarining erishilgan darajasi, ish joylaridagi mavjud uskunalar hamda ishchilarning malakaviy tayyorgarliklari hisobga olinadi.
Ish joylarining barqaror ixtisoslashtirilishi yuqori unumli, ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarni va qurollarni ishlab chiqarishning samarador uzluksiz uslubini joriy qilish, ishchilarning ish kuchi va h.k.lardan yaxshiroq foydalanishi uchun eng qulay sharoit yaratadi. Bu tadbirlar mehnat samaradorligini oshirishga, tayyorlangan mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling