Mendeleyev elementlari nutqiy mavzuning maqsadi


Morfologiya. Leksikologiya


Download 206.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana04.02.2023
Hajmi206.27 Kb.
#1161085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14. Mendeleyev elementlari OʻK

Morfologiya. Leksikologiya. 
Lugʻat yordamida tarixiy oʻlchov soʻzlarining maʼnolari bilan tanishing va 
izohi bilan yozing. Ulardan qanday oʻrinlarda foydalanish mumkinligi haqida 
oʻylab koʻring.
 
Bu topshiriq oʻquvchining lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan boʻlib, 
oʻquvchilar berilgan tarixiy hisob soʻzlarning maʼnolarini lugʻatdan topib, yozishlari 
hamda ularni qaysi oʻrinda ishlatish mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot berishlari 
lozim. 
Javob: 
misqol – 4,35-4,86 gramm oraligʻidagi ogʻirlik oʻlchov birligi; 
botmon – Oʻrta Osiyoning, shuningdek Oʻzbekistonning turli yerlarida turli 
mezonga, salmoqqa ega boʻlgan ogʻirlik oʻlchov birligi; 
tanob – maydon oʻlchov birligi; 
chaqirim – metrik oʻlchov birligi qabul qilingunga qadar qoʻllangan, 1,06 
kilometrga teng qadimgi uzunlik oʻlchov birligi; 
qadoq – qadimgi ogʻirlik oʻlchov birligi; 
pud – 16,38 kg ga teng ogʻirlik oʻlchov birligi; 
quloch – yelka balandligida kerilgan har ikki qoʻlning oʻrta barmoq uchlari 
orasidagi masofa. 
Uyga vazifa. 
Morfologiya. 
Berilgan birikmalardagi hisob soʻzlarni aniqlang, ularga soʻroq bering va 
namunadagidek yozing. 


Ot soʻz turkumi bilan ifodalanadigan hisob-oʻlchov soʻzlarga misollar yozing. 
 
 
Bunda oʻquvchilar berilgan jumlalar tarkibidan hisob soʻzlarni aniqlab, 
namunadagi kabi tahlil qilib yozishlari lozim. 
Ularni yozib boʻlgach, ot soʻz turkumi bilan ifodalangan hisob-oʻlchov 
soʻzlariga boshqa misol topib yozishlari aytiladi. 
Javob: bir hovuch suv, hovuch — (nima?, ot), ikki qop kartoshka, qop — 
(nima?, ot), uch piyola sut, piyola — (nima?, ot), toʻrt qarich yer, qarich — (nima?, 
ot), ikki etak paxta, etak — (nima?, ot), toʻrt chelak olma, chelak — (nima?, ot), 
bir savat non, savat — (nima?, ot), besh litr yoqilgʻi, litr — (nima?, ot). 

Download 206.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling