5. Nima uchun alkimyogarlar falsafa toshini qidirish befoyda ekanini tushunib
yetgan boʻlishi mumkin?
Bu savol oʻquvchiga matndan olgan xulosasi asosida mantiqan oʻylab javob
berishiga qaratilgan savol boʻlib, oʻquvchilar erkin oʻz fikrlarini misollar bilan
izohlab berishi lozim.
6. Nega aynan XVIII asrga kelib alkimyogarlarning fikrlari oʻzgargan? Buni
qanday izohlay olasiz?
Bu savol matndagi maʼlumotlarni dars davomida egallagan bilimlari bilan
integratsiya qilgan holda maʼno mazmun chiqarib, javob berishga qaratilgan.
Oʻquvchilarning fikri tinglanadi, asosiy eʼtibor fikrlarini asoslashlariga qaratiladi.
Test.
Matn asosida berilgan topshiriqlarni bajaring.
1. Bu test matn gʻoyasini tushunishga qaratilgan. Matn gʻoyasi uchun taklif etilgan
variantlar berilgan boʻlib, oʻquvchi matn bilan qayta ishlab, matnning gʻoyasini
topishi lozim.
Toʻgʻri javob: D. Falsafa toshi choʻpchak boʻlsa-da, kimyo fanining
rivojlanishiga turtki boʻldi. Bunda matnda berilgan maʼlumotlar asosida shu
xulosaga kelish mumkin. Insonlar falsafa toshini topish uchun koʻp tajribalar
oʻtkazgan va bu tajribalar falsafa toshini topmagan boʻlsa-da, koʻplab metall va
moddalarning paydo boʻlishi hamda kimyo fanining rivojiga sabab boʻlganligini
anglash mumkin. Bu matnning 5-6-xatboshilarida ifodalangan.
2. Bu test matnda eksplitsit (ochiq) ifodalangan maʼlumotni topishga qaratilgan.
Matnning 5-xatboshida berilgan maʼlumot orqali toʻgʻri javob: C “...alkimyogar
togʻdan hajmiga nisbatan juda ogʻir, koʻrinishi gʻalati bir toshni topib olishi
kimyogarning falsafa toshini topish uchun ajoyib imkoniyat deb oʻylashini anglash
mumkin.
Leksikologiya. Sintaksis.
Berilgan soʻzlarni oʻz va koʻchma maʼnoda qoʻllab, gaplar tuzing hamda ikki
Do'stlaringiz bilan baham: |