Ikki turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining qadogʻidagi ozuqaviy qiymatga oid
maʼlumotlarni oʻzaro taqqoslab yozing. Yozgan matningizda ularning
foydaliligi boʻyicha xulosalaringizni ham ifodalang.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning
mustaqil izlanib,
ijodiy yondashishiga
qaratilgan.
Bunda dastlab, kundalik turmush tarzida foydalanadigan mahsulotlar:
yogʻ, tuz, choy, makaron va boshqa mahsulotlarning qadogʻidan ozuqaviy qiymatini
haqida maʼlumot toʻplashi aytiladi. Soʻngra ularni tahlil qilib, eng foydali deb bilgan
mahsuloti haqida yozishi va nima uchun aynan shu mahsulotni foydali deb tavsiya
qilganligini asoslar keltirishi lozimligi aytiladi.